Kompaniya mustaqil ekspertiza o‘tkazish, nazorat qilish, sinash va sertifikatlashtirish sohasida jahonda yetakchi bo‘lgan “Bureau Veritas” (Fransiya) tomonidan o‘tkazilgan sertifikatlashtirish auditidan muvaffaqiyatli o‘tdi.
ISO 9001:2015 – xalqaro standart bo‘lib, sifat menejmenti tizimlariga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi. Standartni joriy etish ishlari Qarshi, Muborak va Andijonda joylashgan Saneg kimyoviy-tahlil laboratoriyalarida boshlangandi.
Ushbu obyektlarda har kuni qazib olish quduqlaridan olingan neft, neft emulsiyasi va boshqa mahsulotlar namunalari tahlil qilinadi.
Standartning joriy etilishi laboratoriyalarni samarali boshqarish hamda o‘tkazilayotgan kimyoviy va tahliliy tadqiqotlar sifatini oshirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, sifat menejmenti tizimi laboratoriyalar xodimlarining malakasini muntazam oshirib borish va ularni boshqaruv tizimiga bevosita jalb etishni nazarda tutadi.
“Sertifikatlash bizga mustaqil bahoni olish hamda kompaniya faoliyati va amalga oshirilayotgan ichki sifat menejmenti biznes jarayonlari xalqaro standartlarga javob berishiga, shuningdek korxona samaradorligini oshirishga xizmat qilayotganiga ishonch hosil qilish imkonini berdi”, – deydi Saneg bosh direktori Shokir Fayzullayev.