GRDC va Saneg o‘rtasidagi ilmiy-texnologik hamkorlik qazib chiqarish loyihalarida tijoriy samaradorligiga erishish uchun keng qamrovli yechimlarni yaratishga, shuningdek, neft va gaz muhandisligi bozorida innovatsion ishlanmalarni amalga oshirishga asoslanadi.
Shu tariqa, hisobot davrida Geo Researsh and Develorment Comrany (GRDC) ilmiy-texnologik markazi mutaxassislari:
Bundan tashqari, markaz tomonidan sayoz quduqlarni burg‘ilash va Farg‘ona viloyatidagi 3 ta ishlatib bo‘lingan konlarda neft qazib olish darajasini oshirish usullarini qo‘llash orqali konlarni o‘zlashtirish darajasini yuksaltirish bo‘yicha konseptual takliflar ishlab chiqilgan. Ekspertlarning baholashicha, taklif etilayotgan chora-tadbirlar majmu Sanegning kunlik qazib chiqarish darajasini ikki baravar oshiradi – 2033-yilga kelib ushbu ko‘rstkich 1600 tonnagacha oshadi.
2022-yil sentyabr oyidan boshlab GRDC Qashqadaryo viloyatidagi o‘zlashtirish bosqichida bo‘lgan to‘rtta “G‘arbiy Toshli”, “Sharqiy Toshli”, “Shimoliy O‘rtabuloq” va “Kruk” konlari bo‘yicha loyiha boshqaruvini ta’minlab kelmoqda. Hisobot davrida 125 ta geologik-texnikaviy chora-tadbirlar ishlab chiqib, amalga oshirildi, buning natijasida kuniga jami neft qazib olish hajmi 283 tonnaga oshdi.
2023-yilning 9 oyi davomida fizika-kimyo laboratoriyasi xodimlari tomonidan turli yo‘nalishlar bo‘yicha 2081 ta tadqiqotlar, jumladan, kompleks korroziya izlanishlari, neft, qatlam suvlari, gaz kondensati tahlillari, suyuqlik va gaz xromatografiyasi, elementar massa spektral tahlillari o‘tkazildi. O‘z neft-kimyoviy yo‘nalishlarini ishlab chiqishda “GRDC-0421” turkumidagi 16 tonna korroziya ingibitori, “GRDC-0621” turkumidagi 8 tonna tuz qoldiqlari ingibitori chiqarildi. Shuningdek, VNE “GRDC-0521RD” deemulgatori hamda ASPO “GRDC-0721RN” eritgichi ham ishlab chiqildi, sertifikatlandi va kon hamda laboratoriya sharoitida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi.
“GRDS bilan hamkorlik bizning ilg‘or texnologiyalar va ilmiy yechimlar sari intilishimizni yana bir bor ta’kidlaydi, bu esa energetika sohasidagi maqsadlarimizga erishishning kalitidir. Bugungi kunda markaz ilmiy-texnologik xizmatlarni mahalliy kompaniyalarga ko‘rsatish bilan bir qatorda, Qozog‘istonning chegara hududlarida yangi konlarni izlash bo‘yicha loyihalarni ham olib borayapti, bu markazning texnik malakasi hamda energetika sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirgan holda xalqaro miqyosda samarali faoliyat yurita olish qobiliyatini namoyon etmoqda”, – ta’kidladi Saneg bosh direktori To‘lqin Yusupov.
MA’LUMOT:
Geo Researsh and Develorment Comrany — 2019-yil aprel oyidan neft va gaz injiniringi sohasida xizmatlar ko‘rsatib kelayotgan ilmiy-texnologik markaz. “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi tasnifi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasidagi 2000 dan ortiq loyiha tashkilotlari orasida TOP-10 talik reytingga kiritilgan.
Markaz 10 ta yo‘nalishda faoliyat yuritib keladi. GRDS xodimlari 320 nafar malakali mutaxassislardan iborat bo‘lib, ulardan 3 nafari fan doktori, 6 nafari texnika, kimyo va geologiya-fizika fanlari nomzodidir.