24-oktyabr kuni Saneg Yoqilg‘i quyish majmuasi yong‘in xizmati mutaxassislari shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va avariya-qutqaruv xizmatlari bilan hamkorlikda obyektda shtatdan tashqari vaziyatlarda harakatlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazishdi.
O‘quv mashg‘ulotlarida FVV, SES, Toshkent gaz xizmati, Tez tibbiy yordam xizmati, Milliy gvardiya, shuningdek, YoQM-1 ichki xavfsizlik xizmati, feldsherlik punkti, energetika xizmati hamda boshqaruv pulti dispetcherlari ishtirok etdi.
Ssenariy: rezervuarlardan birida shartli yong‘in sodir bo‘ldi. Jabrlanuvchi mustaqil ravishda pastga tushishga muvaffaq bo‘ldi va dispetcher favqulodda xizmatlarni chaqirib, trevoga e’lon qildi. YoQM yng‘in-qutqaruv ekipaji 2 daqiqadan so‘ng yetib borib, yong‘inni bartaraf etishga kirishdi, bir vaqtning o‘zida feldsher jabrlanuvchiga birinchi yordam ko‘rsatdi. 8 daqiqadan so‘ng FVV xodimlari ko‘pik yordamida yong‘inni o‘chirish ishlariga qo‘shilishdi, shifokorlar jabrlanuvchini olib ketishdi.
Timur G‘iyosxodjayev, Saneg yoqilg‘i quyish majmuasi direktori:
"Bunday tadbirlar real sharoitlarda oqilona fikrlash va samarali reaksiya qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. O‘tkazilgan mashg‘ulotlar mutaxassislarimizga shunday favqulodda vaziyatlarni muvofiqlashtirish va tayyorgarlikni ishlab chiqish imkonini berdi, bu, birinchi navbatda, YoQM xodimlari uchun xavfsizlikni ta’minlashning asosiy jihati hisoblanadi".
Ma’lumot
Islom Karimov nomidagi "Toshkent" xalqaro aeroportiga parvozlarni amalga oshirayotgan havo kemalarining ehtiyojlarini uzluksiz ta’minlash maqsadida 2021-yilda Saneg (YoQM-1) yoqilg‘i quyish majmuasi foydalanishga topshirilgan. Majmuaning maydoni – 6 gektar, rezervuar parkining sig‘imi – 18 ming kub metr.