Foydali yoz: Sanegda talabalar amaliyoti qanday o‘tmoqda

Foydali yoz: Sanegda talabalar amaliyoti qanday o‘tmoqda

Har yozda Saneg texnika oliy o‘quv yurtlari talabalariga kompaniyalar guruhining yetakchi korxonalarida amaliyot o‘tash imkoniyatini taqdim etadi. Bu vaqtda nazariy bilimlar amalda qo‘llaniladi, kelajak mutaxassislari esa kasbga dastlabki qadamlarini qo‘yadilar.

2025-yilda Sanegda Samarqand texnologiya universiteti (SIUT), Buxoro davlat texnika universiteti hamda Brayton universiteti (Buyuk Britaniya)ning 180 dan ortiq talabalari amaliyot o‘tamoqda. Amaliyot Saneg, SEG Motol, SEG Tasco, Osiyotech, Enera korxonalari, Farg‘ona NQIZ, Toshkentdagi ilmiy-texnologik markaz hamda kompaniyaning markaziy ofisida tashkil etilgan.

Bo‘lajak muhandislar, IT-mutaxassislar, geologlar, kimyogarlar, iqtisodchilar va menejerlari amaliy tajriba orttirmoqda, neft-gaz sohasidagi ishlab chiqarish jarayonlari va eng zamonaviy texnologiyalar bilan tanishmoqda.

"Amaliyot — bu talabalarning kasbga qo‘ygan ilk jiddiy qadami. Biz Sanegda yosh mutaxassislarning haqiqiy ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishishlari va jamoamizning ajralmas qismiga aylanishlari uchun barcha sharoitlarni yaratishga harakat qilamiz. Bu sohaning kelajakdagi kadrlar salohiyatini shakllantirishga qo‘shilgan muhim hissadir",  — dedi bosh direktorning kadrlar va tashkiliy rivojlanish bo‘yicha o‘rinbosari Xurshed Xodjimetov.