SIUT yangi o‘quv yilini ochdi – texnologiyalar, global standartlar va kelajak muhandislarini tayyorlashga alohida e’tibor bilan

SIUT yangi o‘quv yilini ochdi – texnologiyalar, global standartlar va kelajak muhandislarini tayyorlashga alohida e’tibor bilan

3-sentyabr kuni Saneg ta’sischiligidagi Samarqand xalqaro texnologiyalar universitetida (SIUT) o‘quv yilining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Talabalar, o‘qituvchilar va mehmonlarni yangi kampus – universitet, ta’lim markazi va xususiy maktabni birlashtirib, yagona ta’lim hamjamiyatini shakllantirgan zamonaviy makon kutib oldi.

Marosimni ochib bergan SIUT rektori, professor Yusuf Abdullayev muhandislik ta’limining mamlakat taraqqiyoti uchun muhimligini ta’kidlab, universitet global miqyosda raqobatlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlashni davom ettirishini ta’kidladi.
Tadbirda bosh direktor To‘lqin Yusupov boshchiligida Saneg delegatsiyasi ishtirok etdi. U o‘z nutqida texnologik fikrlash va raqamli kompetensiyalarga ega muhandis kadrlarni tayyorlash iqtisodiyotning barqaror o‘sishining asosiy omillaridan biri ekanligini ta’kidladi.

"Bugun o‘qish – ertaga o‘zgarish demak. Sizda esa buning uchun hamma narsa bor" , – deya ta’kidladi u talabalarga murojaat qilar ekan.

Saneg SIUTni qo‘llab-quvvatlashni strategik vazifa, sanoat va butun mamlakat kelajagiga sarmoya sifatida qabul qiladi. Universitetda neft-gaz muhandisligi, qayta tiklanuvchi energetika, geologiya, kimyo texnologiyalari, raqamli iqtisodiyot va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha xalqaro dasturlar amalga oshirilmoqda. Ta’lim ingliz tilida, AQSH, Janubiy Koreya, Xitoy oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikda, o‘ndan ortiq mamlakat o‘qituvchilari ishtirokida olib borilmoqda.

Yangi o‘quv yili birinchi kurs talabalari uchun yo‘nalish haftaligi bilan ochildi va SIUT esa butun boshli akademik muhit uchun bilim va texnologiyalar sari harakatning yangi bosqichiga aylandi.