Saneg Jizzax viloyatida avtoyoqilg‘i quyish shoxobchasini ochdi

Saneg Jizzax viloyatida avtoyoqilg‘i quyish shoxobchasini ochdi

Saneg kompaniyasi Jizzax viloyatida o‘zining birinchi avtoyoqilg‘i quyish shoxobchasini ishga tushirdi. Bu kompaniya tarmog‘idagi 18-shoxobchaga aylandi. Mazkur voqea hudud infratuzilmasini rivojlantirishda muhim qadam bo‘lib, mintaqa aholisiga zamonaviy xizmat va sifatli yoqilg‘idan foydalanish imkoniyatini yaratdi.

Yangi shoxobchada barcha asosiy yoqilg‘i turlari — AI-80, AI-92, AI-95, AI-98 va dizel yoqilg‘isi mavjud. Bundan tashqari, bu yerda elektromobillar uchun TokBor zaryadlash qurilmasi o‘rnatilgan, bu esa obyektga zamonaviy va ko‘p qirrali tus beradi.

Mijozlarning qulayligiga alohida e’tibor qaratilgan. Yoqilg‘i uchun to‘lovni QR-kod orqali amalga oshirish mumkin, bu vaqtni tejaydi va naqd pul ishlatish zaruriyatini yo‘qotadi. Dam olish uchun tamaddixona va do‘kon mavjud bo‘lib, u yerda qahva ichish, yengil ovqatlanish va yo‘lga kerakli narsalarni xarid qilish mumkin.

"Jizzax viloyatida yangi AYOQShning ochilishi bizning mintaqaviy tarmoqni rivojlantirish borasidagi yo‘nalishimizni tasdiqlaydi. Butun mamlakat bo‘ylab haydovchilar sifatli yoqilg‘i va zamonaviy xizmatdan foydalanishlari uchun geografiyamizni kengaytirishda davom etamiz", – dedi Saneg bosh direktori To‘lqin Yusupov.

📍Boshqa Saneg stansiyalarining joylashuvi haqida https://taplink.cc/saneg_oil_station manzili orqali ma’lumot olishingiz mumkin.