Saneg kompaniyasi 2022-yildan buyon an’anaviy ravishda "Qarshi" HIChK o‘quv poligonida o‘tkaziladigan "O‘z kasbining ustasi" nomli yillik tanlov natijalarini sarhisob qildi. Mazkur tanlov ishchi kasblarning obro‘sini oshirish, xodimlar salohiyatini rivojlantirish hamda Sanegning korporativ madaniyatini mustahkamlashga qaratilgan.
Bu yilgi musobaqada kompaniyaning turli hududiy bo‘linmalaridan 70 dan ortiq mutaxassis ishtirok etdi. Ishtirokchilar yuqori darajadagi kasbiy bilimlarini, amaliy ko‘nikmalarini va ishlab chiqarish jarayonlariga qiziqishlarini namoyish etdilar.
Nominatsiyalar bo‘yicha tanlov g‘oliblari:
Texnologik qurilmalar bo‘yicha chilangar
1. Yo‘ldoshev Ne’matulla – "Andijon" HIChK
2. Qurbonov Shavkat – "Muborak" HIChK
3. Javliyev Shaxriyor – "Qarshi" HIChK
Neft va gaz qazib olish kuzatuvchisi
1. Nurqobilov Ramazon – "Qarshi" HIChK
2. To‘ychiyev Diyorbek – "Qarshi" HIChK
3. Arabov Bayramali – "Qarshi" HIChK
Suvsizlantirish va tuzsizlantirish qurilmasi kuzatuvchisi
1. Teshayev Mirjalol – "Muborak" HIChK
2. O‘tkirov Bexruz – "Qarshi" HIChK
3. O‘tagonov Eldor – "Muborak" HIChK
Uskunalarni ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha elektr sozlovchi
1. Qurbonov Hojiakbar – "Qarshi" HIChK
2. Boymurodov Navro‘z – QJKTB
3. Aliqulov Siroj – "Muborak" HIChK
O‘lchov-nazorat asboblari va avtomatika chilangari
1. Sodiqov Abrorbek – "Andijon" HIChK
2. Xushmatov Quvonchbek – "Muborak" HIChK
3. Arslonov Ruslan – "Muborak" HIChK
Elektr-gaz payvandchi
1. Aripov Furqat – "Andijon" HIChK
2. Yusupov Akrom – "Andijon" HIChK
3. Jo‘rayev Sunnatillo – "Qarshi" HIChK
"Bizning mutaxassislarimiz kompaniyamizning asosiy boyligidir. Butun ishlab chiqarish tizimining barqaror ishlashi ularning bilimi, tajribasi va mas’uliyatiga bog‘liq. "O‘z kasbining ustasi" tanlovi eng yaxshilarni taqdirlash va barcha xodimlarni yanada rivojlanish hamda kasbiy o‘sish sari ilhomlantirish imkonini beradi," - deya ta’kidladi xodimlar bilan ishlash departamenti boshlig‘i Ismoil Abdulazizov.