SEG Motol o‘z mahsulotlarini "International Syria Auto Parts 2025" xalqaro ko‘rgazmasida namoyish etdi

SEG Motol o‘z mahsulotlarini "International Syria Auto Parts 2025" xalqaro ko‘rgazmasida namoyish etdi

Saneg kompaniyasining moy biznesi operatori bolmish SEG Motol mahsulotlari 6-8-noyabr kunlari Damashqda o‘tkazilgan "International Syria Auto Parts 2025" xalqaro ko‘rgazmasida taqdim etildi.

Tadbirda brendning Yaqin Sharq va Afrika mintaqasidagi distribyutori — Turkiyaning Ela Dish Tijaret Limited Sherkati kompaniyasi ishtirok etdi.

An’anaviy ravishda dunyoning yetakchi avtomobil ehtiyot qismlari, moylash materiallari va texnik suyuqliklar ishlab chiqaruvchilarini to‘playdigan ko‘rgazma Yaqin Sharqning asosiy sanoat maydonlaridan biriga aylandi. Hamkor stendida yengil va tijorat avtomobillari uchun SEG Motol motor moylari, shuningdek, xalqaro sifat standartlariga mos keladigan sanoat maqsadlaridagi moylash materiallari taqdim etildi.

Ela Dish Tijaret Limited Sherkati kompaniyasi direktori Timur Kurchakning aytishicha, ko‘rgazmada ishtirok etish brendning mintaqaviy bozordagi o‘rnini mustahkamlashda muhim bosqich bo‘ldi:

"Kompaniyamiz SEG Motol mahsulotlari bilan bir yildan kamroq vaqt davomida shug‘ullanib kelmoqda, ammo shu davr ichida biz Turkiya, Suriya va Iroq bozorlariga kirib borishga erishdik. Oldinda Liviya, Mali va Yaqin Sharq hamda Afrikaning boshqa bir qator davlatlari bozorlariga kengayish bo‘yicha ulkan rejalarimiz bor. Biz SEG Motol mahsulotlarini birinchi marta Damashqdagi ko‘rgazmada namoyish etmoqdamiz va mahalliy biznes hamda yakuniy iste’molchilar tomonidan unga bo‘lgan barqaror qiziqishni kuzatmoqdamiz", — dedi Timur Kurchak.

SEG Motol direktori Baxtiyor Asatullayev eksport yo‘nalishlarini rivojlantirish kompaniyaning ustuvor vazifalaridan biri ekanligini ta’kidladi:

"Ela Dish Tijaret Limited Sherkati bilan hamkorligimiz strategik ahamiyatga ega. U mahsulotlarimizning barcha turlarini tez rivojlanayotgan xorijiy bozorlarda ilgari surishga qaratilgan. Markaziy Osiyo va Yevropa bilan bir qatorda Yaqin Sharq va Afrika brend uchun asosiy mintaqalarga aylanyapti. Ko‘rgazmada ishtirok etishimiz mahsulotlarimizning yuqori sifatini va ularga xalqaro miqyosda qiziqish tobora ortib borayotganini tasdiqlaydi", — deya ta’kidladi Baxtiyor Asatullayev.