Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi Qozog‘istondan qayta tiklangan tranzit doirasida neft qabul qilishni boshladi. To‘liq O‘zbekiston ichki bozoriga yo‘naltiriladigan neft mahsulotlarini barqaror ishlab chiqarishni ta’minlash maqsadida dekabr oyida 35 ming tonnagacha xomashyo keltirilishi kutilmoqda.
Erishilgan kelishuvlarga ko‘ra, qulay bozor vaziyati sharoitida yetkazib berish hajmi yiliga 500 ming tonnagacha yetishi mumkin.
Xomashyoning qo‘shimcha hajmi zavodning ishlab chiqarish quvvatini oshirish hamda ichki iste’mol uchun benzin, dizel yoqilg‘isi, aviakerosin hamda moylar ishlab chiqarishni kengaytirish imkonini beradi.