SEG Motol O‘zbekiston bozoriga avtomobil antifrizlarining yangi turkumini chiqardi

SEG Motol O‘zbekiston bozoriga avtomobil antifrizlarining yangi turkumini chiqardi

Saneg kompaniyasining moy biznesi operatori bo‘lgan SEG Motol kompaniyasi yengil avtomobillar va tijorat transporti uchun antifrizlar turkumini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Buning uchun Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida maxsus ishlab chiqarish uchastkasi tashkil etildi va motor moylarini ishlab chiqarishdan mustaqil ravishda texnik suyuqliklarni aralashtirish hamda qadoqlashning alohida tizimini ta’minlovchi zamonaviy uskunalar o‘rnatildi.

SEG Motol antifrizlari yuqori sifatli monoetilenglikol asosida tayyorlanadi, bu esa dvigatel qismlari va detallaridan issiqlikni samarali haydashni ta’minlaydi. Tarkibida sovitish tizimini korroziya va kavitatsiyadan himoya qiluvchi Yevropa qo‘shilmalari ishlatilgan. Turkumning barcha mahsulotlari -40 °C gacha bo‘lgan haroratlarda o‘z xususiyatlarini saqlab qoladi.

Turkum uchta mahsulotni o‘z ichiga oladi: Antifreeze Carbo G12+, Antifreeze Silo G11, Antifreeze HD.

Antifreeze Carbo G12+ organik kislotalar — karboksilatlardan foydalangan holda Organic Acid Technology (OAT) texnologiyasi asosida ishlab chiqarilgan. Bunday yondashuv sovitish tizimini korroziya paydo bo‘lgan joylarda aniq ta’sir ko‘rsatish orqali himoya qiladi, cho‘kindi hosil bo‘lishining oldini oladi va sovitish suyuqligining xizmat muddatini uzaytiradi.

Antifreeze Silo G11 — zamonaviy yengil va tijorat avtomobillari uchun silikatlar hamda organik qo‘shilmalar asosidagi sovitish suyuqligi. Uning ta’siri sovitish tizimining ichki yuzalarida bir tekis himoya qatlamini shakllantirishga asoslangan bo‘lib, bu korroziya va cho‘kindi hosil bo‘lish xavfini kamaytiradi.

Antifreeze HD dizel yuk avtomobillarining sovitish tizimlari, shu jumladan, yuqori yuklamali va yuqori samarali dvigatellar (SHPD) uchun ishlab chiqilgan. Qo‘shilmalarning maxsus to‘plami metallar va qotishmalarni kavitatsiyadan himoya qilishni ta’minlaydi, bu ayniqsa "ho‘l" silindr gilzali dvigatellarni ishlatishda muhim ahamiyatga ega.

"Antifrizlar tarkibi yevropalik hamkorlarimiz bilan birgalikda ishlab chiqilgan. Mahsulot ustida ishlashda biz dunyoning yetakchi avtomobil ishlab chiqaruvchilari talablariga e’tibor qaratdik, shu bilan birga, O‘zbekiston iste’molchilari uchun sifatli va arzon mahsulot yaratish vazifasini qo‘ydik. Har bir mahsulot bizni maqsadimizga — mijozlarimiz, ham yuridik shaxslar, ham tobora ko‘payib borayotgan xususiy avtomobil egalari ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishga yaqinlashtiradi", — dedi SEG Motol direktori Baxtiyor Asatullayev.