Saneg-Club+

Saneg-Club+

Saneg Club sodiqlik dasturi

Kimga mos keladi?

Saneg Club sodiqlik dasturi "Saneg" AYOQSh/AGTKS tarmog‘ining doimiy mijozlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ular naqd va naqd pulsiz to‘lovlarini amalga oshiradilar. Dastur tabiiy gaz, metan va benzin asosidagi avtomobil yoqilg‘isi bilan to‘ldirishda afzalliklar va imtiyozlardan foydalanish imkonini beradi.

 

Chegirma shartlari

Ushbu sodiqlik dasturi "Saneg" AYOQSh/AGTKS tarmog‘ida har bir yoqilg‘i xaridi uchun kartada bonuslarni to‘plash imkonini beradi. Yig‘ilgan bonuslarni yoqilg‘iga almashtirish mumkin.

 

Ballar qanday beriladi?

Ushbu karta egasiga barcha "Saneg" AYOQSh/AGTKS tarmoqlarida to‘ldirilgan yoqilg‘i miqdorining 1% miqdorida jamlangan bonus taqdim etiladi. Bonuslar kartaning xarid vaqtidagi bonus stavkasiga muvofiq beriladi. Yoqilg‘i uchun bonus karta yordamida to‘lash uchun uni yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i operatoriga taqdim etish zarur. Jamg‘arilgan bonuslarning amal qilish muddati hisobga tushgan kundan boshlab 12 oyni tashkil qiladi.

 

Qanday qilib kartani olish mumkin?

Saneg sodiqlik dustari kartasini olish uchun "Saneg" AYOQSh/AGTKS tarmog‘ida naqd yoki naqdsiz pulga avtomobil yoqilg‘isini (metan, benzin) sotib olish va doimiy mijoz anketasini to‘ldirish kerak.

 

Menda qancha ball bor?

Yig‘ilgan ballar sonini bonus kartani yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i kassiriga taqdim etganda bilib olish mumkin.