Branding

Branding

Saneg kompaniyasi logotipining tashqi manbalarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan maqbul variantlari, shuningdek, firma uslubidan foydalanish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma - kompaniyaning brendbuki ushbu bo‘limdan o‘rin olgan.

KOMPANIYANING YANGI LOGOSI NIMANI ANGLATADI?

Kompaniyaning vertikal integratsiyalashgan energetik guruhi sifatidagi taraqqiyotining yangi modeli logotipda o‘z aksini topgan. Bugungi kunda Saneg neft va gaz bozorida ishtirok etish uchun barcha imkoniyatlarga ega - quduqlardan oliniyotgan xomashyodan tortib FNQIZda qayta ishlash va uni yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i orqali sotishgacha.

Saneg logotipi belgi va yozuv birikmasidan iborat. Belgida uchta muhim ramz namoyon bo‘lgan: yer qa’ri bilan ishlashni ifodalovchi burg‘i, uchta strim - upstream, midstream va downstreamni anglatuvchi turli rangdagi uchta chiziq, shuningdek, lotincha S – kompaniya nomlanishining birinchi harfi.

Nomlanish yaxshi o‘qiladigan, minimalistik ruhda, lekin ayni paytda yumshoq chiziqli shriftda yozilgan, bu kompaniyaning ochiqligi, aniqlikka va mijozlarga e’tiborlilikka tayanishini anglatadi.

Siz kompaniya logotipini istalgan formatda yuklab olishingiz mumkin. Logotipdan foydalanishdan oldin, brendbukda keltirilgan himoya maydoni va boshqa tavsiyalarga e’tibor bering.

LOGOTIP

Ushbu sahifadagi barcha logotiplar Windows yoki Mac platformalarida foydalanish mumkin bo‘lgan universal formatlarda keltirilgan. Shuni yodda tutingki, Adobe Illustrator, Photoshop, InDesign va CorelDraw kabi professional grafik dasturlari quyida keltirilgan faqat ayrim fayllarni ko‘rish uchun talab qilinadi.

Agar logotiplarni ko‘paytirish va ishlatish bo‘yicha Saneg tomonidan oldindan ruxsat berilgan bo‘lsa, quyida keltirilgan Saneg logotiplarini ko‘paytirishingiz va foydalanishingiz mumkin. Har qanday savol yoki oldindan ruxsat olish mavzusi bo‘yicha Saneg matbuot kotibi Natalya Silkinaga natalya.silkina@saneg.com elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingiz mumkin.

 

1 Брендбук компании.pdf   9mb
2 Saneg_logo_horizontal_CMYK.ai 975kb
4 Saneg_logo_horizontal_RGB.pdf 183kb
5 Saneg_logo_horizontal_RGB.png 88kb
6 Saneg_logo_horizontal_RGB.svg 4kb
7 Saneg_logo_vertical_CMYK.ai 982kb
8 Saneg_logo_vertical_CMYK.pdf 148kb
9 Saneg_logo_vertical_RGB.pdf 186kb
10 Saneg_logo_vertical_RGB.png 71kb
11 Saneg_logo_vertical_RGB.svg 3kb