Falsafa

Falsafa

Biznesimiz falsafasini aks ettiruvchi asosiy g‘oyaga quyidagicha ta’rif berish mumkin:

O‘zbekistonni sifatli yoqilg‘i turlari bilan ta’minlash, jonajon diyorimizni asrab-avaylash, milliy merosimizni ko‘paytirishni xalqimiz nomidan davlatimiz bizga ishonib topshirgan. Kompaniyamiz O‘zbekiston va Markaziy Osiyo aholisi oldidagi uglevodorodlarni qazib olish va qayta ishlashni ko‘paytirish nuqtai nazaridan hayot sifatini yaxshilash mas’uliyatini o‘z zimmasiga oladi.

Bularning barchasi Markaziy Osiyo mintaqasi rivojida muhim o‘rin tutadigan Yangi O‘zbekistonni barpo etish uchun platforma rolini o‘taydi.

Bizning vazifamiz - mamlakatimiz aholisiga ona zaminimiz boyliklarini kundalik foydalaniladigan tovarlar shaklida yetkazib berishdan iborat. Bundan tashqari, biz farzandlarimizga ularning umidlarini to‘liq ro‘yobga chiqaradigan mobil, samarali va qayishuvchan iqtisodiyotni yetkazib bermoqchimiz.

O‘zbekiston — boy tabiiy resurslarga ega mamlakat. Iqtisodiyotimizda neft-gaz tarmog‘i asosiy o‘rinni egallaydi, energiya ishlab chiqarish asosini tashkil etish qatorida boshqa barcha tarmoqlarni rag‘batlantiradi. Tabiiy resurslarni to‘g‘ri qazib olish, ularni samarali qayta ishlash yangi iqtisodiyot barpo etiladigan poydevorni yaratish imkonini beradi.

Bizning vazifamiz mamlakatimiz va butun dunyo manfaati uchun yangi qadriyatlar va yechimlarni joriy etishdan iboratdir.

“Sanoat Energetika Guruhi” Markaziy Osiyodagi yirik neft va gaz kompaniyalaridan biri bo‘lib, sohada yangi yondashuvlarni belgilab beradi va samarali boshqaruv hamda ichki resurslarni taqsimlashning eng yaxshi namunalarini namoyon etadi.

Ushbu bozordagi boshqa kompaniyalardan asosiy farqlarimiz:

Biz samaradorlikka e’tibor qaratamiz va bizning sektor iqtisodiyotining muvaffaqiyati mamlakatimizning boshqa sohalari iqtisodiyotining muvaffaqiyati bilan chambarchas bog‘liqligini yaxshi tushunamiz.

Biz yoshmiz va har qanday tahdidlarga tayyormiz. Biz bizdan oldin hech kim taklif qilishga botina olmagan yechimlardan qo‘rqmaymiz va shakllangan qoliplarni o‘zgartira olamiz.

Biz bozorga o‘zimizning ham, mijozlarimizning ham sarmoyasini to‘liq oqlay oladigan samarali va ixcham ishlab chiqarish quvvatlarini chiqaramiz.