Qadriyatlar

Qadriyatlar

Kompaniya qadriyatlari — kompaniyada qabul qilinadigan har qanday qarorlar aynan ular orqali yo‘l bosib o‘tadi.

Qadriyatlar

• Xavfsizlik

Sanoat guruhi sifatida kompaniyaning asosiy qadriyati. Amalga oshirilishi vaqtida sog‘liq uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan hech bir qaror qabul qilinishi mumkin emas. Xavf faktining o‘zi muhim ahamiyatga ega, xavf ostida xodim bo‘ladimi yoki yo‘qmi buning farqi yo‘q.

 

• Odamlar va ularning bilimi

Barcha qarorlarimizda biz kompaniyaning kadrlar salohiyatiga tayanamiz. Biz insonlarni va ularning bilimlarini qadrlaymiz, bu bizga birgalikda ulkan maqsadlarga erishishga va boshqa kompaniyalardan ajralib turishimizga yordam beradi. Xodimlarni yetarli darajada tayyorlamasdan turib, samarali ishlab bo‘lmaydi. Kompaniya bilimlarni tizimlashtirish va ularni avloddan-avlodga o‘tkazish, xodimlarni rivojlantirish, yondosh kasblarni o‘zlashtirishni ko‘zlagan holda faoliyat yuritadi.

 

• Mijozga e’tibor

Mijoz mahsulotning mijozi sifatida nafaqat tashqi, balki ichki bo‘lishi ham mumkin. Aynan mijozlar kompaniyani rivojlantiradilar, uning rivojlanish yo‘nalishlarini o‘zgartiradilar. Bu ochiqlik va yaqin o‘zaro hamkorlik, mijozlarning ehtiyojlarini o‘rganish orqali amalga oshiriladi.

 

• Hurmat

Mijoz bilan munosabatlar qanday tus olishidan qat’i nazar, mehnat faoliyatini amalga oshirishda hurmat tushunchasi muhim ahamiyat kasb etadi. Hurmatsiz korporativ muhitda ishtirok etish mumkin emas.

 

• Samaradorlik

O‘z ish joyidagi har bir xodim, hatto bu juda ixtisoslashgan faoliyat turi bo‘lgan taqdirda ham, uning ishi kompaniya natijalariga qanday ta’sir qilishi mumkinligini tushunadi. Tor doiradagi yo‘nalishlar samarali ishining yig‘indisigina butun kompaniya, butun jamoaning samarali faoliyatini shakllantirishga qodir.

 

• Teskari aloqa

Agar muayyan bir yo‘nalish bo‘yicha ishlash samarasiz bo‘lib qolsa, uni aniqlagan shaxs samaraning yo‘qolishi sabablari haqida o‘z fikr-mulohazalarni bildirish uchun mas’ul hisoblanadi. Teskari aloqasiz muammolar o‘z yechimini topmaydi, lekin ko‘zdan qochadi, shu bilan birga muammolar bo‘yicha qaror qabul qilishda to‘sqinlik paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, ichki va tashqi samarali teskari aloqa avvalgidan ancha samaraliroq ishlash imkonini beradi.

 

• Takomillashish

Tashqi va ichki teskari aloqaga o‘z vaqtida javob berish jarayonlarni takomillashtirish sari yetaklaydi, ularsiz tizimni rivojlantirib bo‘lmaydi. Takomillashish oldin shunchaki yaxshi bajarilgan ishlarni yanada yaxshiroq qilishga undaydi.

 

• Tashabbuskorlik

Kompaniya odatiy narsalarga yangicha nigoh tashlaydigan, nostandart yondashuvlar va dadil hamda zamonadan bir qadam oldin ilgarilagan yechimlarni taklif qila oladigan tashabbuskor xodimlarni qadrlaydi. Boshqa narsalar teng bo‘lgan taqdirda, kompaniya har doim aynan shunday xodim foydasiga tanlov qiladi.

 

• Jamoaviy bilimlar va ulardan foydalanish

Xodimlarni yetarli darajada tayyorlamasdan turib, samarali faoliyat yuritish mumkin emas. Kompaniya bilimlarni tizimlashtirish va avloddan-avlodga o‘tkazish, xodimlarni rivojlantirish, yondosh kasblarni o‘zlashtirish kabilarni ko‘zlaydi.

 

• Qarorlarni qabul qilishda muvozanatni bilish

Hech qanday muammoni yetarlicha to‘liq tahlil qilmasdan turib hal etib bo‘lmaydi, bu noto‘g‘ri qaror qabul qilishni minimallashtirish uchun zarur.

 

• Totuv qo‘shnichilik

Kompaniya korporativ ijtimoiy mas’uliyat, o‘rtadagi makonga birgalikda g‘amxo‘rlik qilish, hayot sifatini yaxshilash muhimligini qabul qiladi va tushunadi hamda ushbu yo‘nalishga resurslarni sarflaydi. Kompaniya o‘zi joylashgan hududda hayotni yanada qiziqarli va qulayroq qiladigan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga intiladi va birinchi navbatda, ushbu yo‘nalishda ish olib borayotgan mahalliy birlashmalar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

 

• Mas’uliyatlilik

Kompaniya o‘z xodimlari oldidagi mas’uliyatni his qiladi, ammo xodimlar ham kompaniya va boshqa xodimlar oldida muayyan mas’uliyat va javobgarlikka ega. Majburiyatlarni birgalikda bajarish barcha tomonlar o‘rtasida halol va ochiq muloqot tug‘ilishiga imkon beradi. Kompaniya xodimlarning vakolatlari doirasidagi mas’uliyat sohalarini kengaytirishga, shuningdek, xodimlarga nisbatan o‘z mas’uliyat doirasini kengaytirishga intiladi.

 

• ESG amaliyotlari

Biz Markaziy Osiyoda ESG-trendlarni rivojlantirish drayveriga aylanishga, o‘zimiz o‘rganishga va boshqalarni ham o‘qitishga hamisha tayyormiz. Biz buyuk Amir Temur zaminida Sharq taraqqiyotining minglab asrlarga teng azaliy an’analarini G‘arbning eng yaxshi insonparvarlik g‘oyalari bilan uyg‘unlashtirishga intilamiz.