Hamkorlar

Hamkorlar

Neft mahsulotlarini sotuvi bo‘yicha Telegramm boti bilan ishlash uchun qo‘llanma

Qo‘llanmaning maqsadi - Telegram boti yordamida avtomatik ravishda bildirishnomalar yuborish orqali Xaridorlarni neft mahsulotlarini yuklash rejalari to‘g‘risida xabardor qilish nuqtai nazaridan FNQIZ xodimlari va FNQIZ xaridorlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar jarayonini tavsiflashdan iborat.  

“FNQIZ Savdo” Telegram-boti Xaridorlar bilan ishlash sifati va shaffofligini oshirish, neft mahsulotlarini rejalashtirilgan jo‘natmalar to‘g‘risida xaridorlarni o‘z vaqtida xabardor qilish orqali transport boshqaruvini yaxshilash uchun mo‘ljallangan.

 

Jarayon tavsifi

1. Ro‘yxatdan o‘tish

“FNQIZ Savdo” Telegram-botida ishlash uchun https://t.me/fnpz_sbit_bot havolasiga o‘tish yoki qidiruv satriga  @fnpz_sbit_bot yozish lozim.

Telegramm botni ishga tushirish uchun «ЗАПУСТИТЬ» tugmasini bosing.


 

 

Telegram botning salomlashish bildirishnomasi paydo bo‘ladi. O‘zingizga kerakli tilni pastdagi tugmalarni bosish orqali tanlashingiz mumkin.

 

 

Telegram botda ro‘yxatdan o‘tish uchun korxona STIR raqamini «123456789» formatida kiritish lozim.

STIR raqami yuborilganidan so‘ng, sizning tashkilotingiz bilan tuzilgan shartnoma raqamini kiritish lozim.

 

 

Shartnoma raqami yuborilganidan so‘ng Telegram bot telefon raqamini yuborishni so’raydi. Buning ucchun pastdagi “Telefon raqamini yuborish” tugmasini bosish kerak.

 

 

To’g’ri telefon raqami yuborilganidan so‘ng Telegram bot ro‘yhatdan muvaffaqiyatli o‘tilgani to‘g‘risida bildirishnoma jo‘natadi va shaxsiy ma'lumotlarni ko‘rsatadi. Telegram botda ro’yxatdan o’tishda xatolik bo’lgan taqdirda Administratorga murojaat qilish zarur. 


 

 

2. Bildirishnomalar

2.1. Yuklash uchun talabnoma (savdo rejasi)

FNQIZ tizimida yuklash uchun talabnoma yaratilganida, agar Mahsulot qabul qiluvchi Telegram botda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, talabnoma yaratilgani to‘g‘risida bildirishnoma keladi. 


 

 

2.2. Chiquvchi yuk yetkazmasi (yuklash rejasi)

2.2.1. FNQIZ tizimida chiquvchi avto yuk yetkazmasi yaratilganida, Telegram bot ayni kun uchun yuk ortish rejasi, hamda kerakli hujjatlar paketini taqdim qilish bildirishnomasini yuboradi. E'tibor berish kerakki, bir talabnomaga asosan, bir nechta yuklash amalga oshirilishi mumkin. Shunga ko‘ra, Telegram bot har bir yangi chiquvchi avto yuk yetkazmasi uchun alohida bildirishnoma yuboradi.

 

 

 

2.2.2. FNQIZ tizimida chiquvchi temir yo`l orqali yuk yetkazmasi yaratilganida, Telegram bot ayni kun uchun yuk ortish rejasi bildirishnomasini yuboradi. 


 

 

2.3. Tasdiqlangan chiquvchi yuk yetkazmasi 

Chiquvchi yuk yetkazmasi tasdiqlanganidan so‘ng, Telegram bot bu haqida Mahsulot qabul qiluvchiga bildirishnoma yuboradi. Bu holatda haydovchi Ruhsatnomalar byurosiga ruhsatnoma olish va keyingi yuklash jarayonlari uchun kelishi lozim.


 

 

2.4. Yuklash jarayonini yakunlash

2.4.1. Neft mahsulotlarining avto yuklash jarayoni yakunida Telegram bot Qabul qiluvchiga yuklash muvaffaqiyatli yakunlangani haqida bildirishnoma yuboradi.


  

 

2.4.2. Neft mahsulotlarining temir yo`l orqali yuklash jarayoni yakunida Telegram bot Qabul qiluvchiga yuklash muvaffaqiyatli yakunlangani haqida bildirishnoma yuboradi.

 

 

 

Agar haridor tomonidan Telegram botga boshqa yuridik shaxs sifatida kirish istagi bo‘lsa, Telegram bot menyusidagi “Akkauntdan chiqish” tugmasini bosish orqali chiqiladi va ushbu qo‘llanmaning 1 bandiga asosan harakatlarni bajaradi.