Samarqand xalqaro texnologiya universiteti talabalari Saneg obyektlarida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tadila

Samarqand xalqaro texnologiya universiteti talabalari Saneg obyektlarida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tadila

26
Samarqand xalqaro texnologiya universiteti talabalari Saneg obyektlarida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tadila

“Qarshi” HIChK o‘quv poligoni negizida Samarqand xalqaro texnologiya universitetining “Neft va gaz ishi” fakulteti 1 va 3-bosqich talabalarining ishlab chiqarish amaliyoti yakunlandi. Dasturda 23 nafar talaba qatnashdi.

Amaliyot davomida bo‘lajak mutaxassislar neft va gaz sohasining ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishib, nazariy bilimlarini amalda qo‘llash hamda kompaniyaning ixtisoslashgan bo‘linmalari faoliyati haqida ko‘proq bilib olish imkoniga ega bo‘ldilar.

Ishtirokchilar uchun tajribali ustozlar rahbarligida amaliy mashg‘ulotlar, shuningdek, sanoat xavfsizligi, mehnat muhofazasi va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnomalar tashkil etildi.

Yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash va sohaning kadrlar salohiyatini yuksaltirish Saneg faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Amaliyot talabalarga ishlab chiqarish obyektlarida ilk ish tajribasini orttirish va bo‘lajak kasbiy faoliyatiga yanada puxta tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi.