Ekologiya

Ekologiya

Saneg jahon neft va gaz qazib olishda zamonaviy ekologik texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha yetakchilardan biri hisoblanadi. Maqsadimiz neft va gaz xomashyosini qazib olish va qayta ishlash jarayonining atrof-muhitga ta’sirini izchil kamaytirish va ekologiya sohasida yuqori standartlarga erishishdan iborat.

Ekologiya

Kompaniyada atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi siyosat ishlab chiqilgan va joriy etilgan. Mazkur siyosatga muvofiq hududiy ishlab chiqarish korxonalarida atrof-muhitga ta’sirni minimallashtirish, uglerod izlarini kamaytirish va ishlab chiqarishning energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, kompaniya maqsadi O‘zbekiston Respublikasida bioxilma-xillikni saqlash bo‘lgan “Yashil makon” milliy loyihasida ishtirok etadi va uning maqsadlariga to‘liq qo‘shiladi.