Bizning yondashuvimiz

Bizning yondashuvimiz

Bizning Barqaror rivojlanish borasidagi maqsadlarimiz:

 

mijozlarimizning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida assortimentni doimiy ravishda takomillashtirish va kengaytirish orqali neft va gazni qayta ishlash mahsulotlari sifati bo‘yicha jahon yetakchisiga aylanish;

moddiy-texnika va yoqilg‘i-energetika resurslaridan samarali foydalanish, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonlarining atrof-muhit va inson salomatligiga nisbatan xavfsizligi sohasidagi ilg‘or tarmoq tajribasi ko‘rsatkichlariga rioya qilish;

ishlab chiqarishning energiya samaradorligini oshirish borasida ilg‘or tajribalarni qo‘llash bo‘yicha jahon yetakchisiga aylanish, energiyaning solishtirma sig‘imi va mahsulot tannarxining texnik va iqtisodiy jihatdan asoslangan minimal darajasiga erishish;

mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi sohasidagi ilg‘or tajribalarni joriy etish, shuningdek, Saneg xodimlari va pudratchilar o‘rtasida ishlab chiqarish madaniyatini doimiy ravishda rivojlantirish hamda keng yoyish orqali baxtsiz hodisalar, avariyalar va noxushliklarsiz samarali ishlab chiqarishni ta’minlash;

o‘z faoliyatimizni amalga oshirishda atrof-muhit va iqlimni muhofaza qilishni, shuningdek o‘zgaruvchan ekologik va iqlim sharoitlariga ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar bilan mutanosib ravishda javob berishni ta’minlash.