Kasbiy rivojlanish

Kasbiy rivojlanish

Biz barcha xodimlarning martabaси oshishi va kasbiy rivojlanishi uchun keng imkoniyatlarni taqdim etamiz.

Kasbiy rivojlanish

 

Saneg xodimlari o‘z sohasi bo‘yicha xorijiy va O‘zbekiston Respublikasining eng yaxshi mutaxassislari va muhandislari bilan ishlash va ulardan ish o‘rganish, o‘z sohalarida ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirish imkoniyatiga ega. Raxbarlar va asosiy xodimlar muntazam ravishda baholanadi va professional hamda boshqaruv vakolatlarini rivojlantirish bo‘yicha o‘qitiladi.

 

Biz xodimlarni to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha o‘qitamiz: ishlab chiqarishda xavfsizlik, ishchi kasblarni egallash, kasbiy va boshqaruv mahoratlari.

 

Korporativ o‘quv markazi

Korxonaning Qarshidagi o‘quv poligonida texnik va ishchi kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘z o‘quv markazi mavjud. O‘quv poligonida amaliy mashg‘ulotlar zamonaviy jihozlarda o‘tkaziladi:

  •  SK-6 kachalka stanogi
  • EUMQNQdi (elektr uzatma marqazdan qochirma nasos qurilmasi) va BS (boshqaruv stansiyasi)ga ega qazib chiqarish qudug‘i
  • Favvora usulida foydalaniladigan quduq
  • Dam haydovchi quduq
  • Neft qazib chiqarish uchun suv osti elektr nasoslarini quvvatlantirish uchun TMPN seriyali uch fazali moyli transformatorlar
  • BN (burg‘ilash nasosi) tipidagi nasos agregati maydoni
  • Taroq bloki

 

2022-yilda kompaniya neft va gaz qazib olish bo‘yicha operatorlarni tayyorlash dasturini ishga tushirdi. U hozirgi xodimlar va bitiruvchilar uchun mo‘ljallangan. O‘qishdan so‘ng bitiruvchilar Saneg ishlab chiqarish obyektlarida murabbiylar rahbarligida amaliyot o‘tashadi.

Biz yetakchi o‘quv markazlari va ixtisoslashgan oliygohlar bilan hamkorlik qilamiz

 

Har yili kompaniya mutaxassislari yetakchi o‘quv markazlari va universitetlarda o‘qitiladi: ERIELL Prof Education va bir qator boshqa o‘quv yurtlari.

 

Biz rahbarlar va mutaxassislarni rivojlantirish dasturlarini amalga oshiramiz

 

Rahbarlar va asosiy xodimlarning malaka darajasi baholanadi.

 

Biz yosh mutaxassislarni rivojlantirish dasturlarini amalga oshiramiz

 

Neft va gaz qazib olish operatorlari uchun dastur, murabbiylik dasturi yo‘lga qo‘yildi, bitiruvchilar uchun yoshlar vaxtalari tashkil etildi.

 

Xodimlar uchun bilim bazasi va tajriba almashish

 

Masofaviy o‘quv kurslari, vebinarlar va davra suhbatlari muntazam ravishda o‘tkaziladi.