O‘zbekiston Respublikasining eng yirik neft va gaz kompaniyalaridan biri sifatida biz doimo munosib nomzodlarni izlaymiz.
Qulay mehnat sharoitlari — biz uchun ustuvor masala.
Biz taklif etamiz:
Ishlab chiqarish xodimlari uchun:
Muborak, Qarshi, Andijon va Navoiy shaharlaridagi hududiy ishlab chiqarish korxonalarimiz hududida ishchilarni 14/14 vaxta rejimda yashash sharoitlarini yaratamiz, shuningdek, ish joyiga yetib borish, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish hamda zamonaviy standartlarga muvofiq belgilangan tartibda sifatli maxsus kiyim bilan ta’minlashni tashkil etamiz. Smena 12 soat davom etadi.
Bizning maishiy shaharchalarimiz yashash uchun barcha qulayliklarga ega: dam olish xonasida - televizorlar, jihozlangan oshxona-ovqatlanish xonalari mavjud. Yotoqxonalarda - qishda isitish tizimi, issiq havoda – konditsioner ishlab turadi.
Xodimlar kuniga uch mahal issiq, kompleks va muvozanatlashtirilgan ovqat bilan ta’minlanib, uning sifati qat’iy nazoratga olingan.
Xodimlarning birgalikda dam olishlari uchun sport tadbirlari - stol tennisi va futbol musobaqalarini tashkil qilamiz. Aqlni charxlash uchun shaxmat va shashka, jismoniy toblanish maqsadida – turniklar va bruslar shay qilib qo‘yilgan. Korxonada Kasaba uyushmasi qo‘mitasi faoliyat yuritadi, uning vazifasi xodimlarning huquqlarini hurmat qilish va har bir ishchining manfaatlarini himoyalashdan iborat. Jamoaviy kelishuv amal qiladi.
Ishlab chiqarishga oid bo‘lmagan ishchilar uchun:
Ish kuni ertalab soat 9 da boshlanadi va 18:00 da tugaydi. Tushlik tanaffusi - 1 soat. Markaziy ofis Toshkent shahri, Bunyodkor shohko‘chasi, 47-uy manzilida joylashgan. “A” toifali ma’muriyat binosi “Olmazor” metro bekatiga yaqin qulay joylashgan. Korporativ avtobuslar ertalab metro bekatidan ofisgacha, kechqurun esa orqaga qatnaydi. Xaritani "Bog‘lanish uchun" bo‘limida ko‘rish mumkin.
Ofis ichida
Ofisdagi makon qulay va muvozanatli taqsimlangan bo‘lib, u ochiq makon uslubida ham, kabinet uslubida ham tashkil etilishi mumkin. Xodimlar sifatli jihozlangan ish o‘rinlari bilan ta’minlangan bo‘lib, har bir qavatda tushlik va kofe-breyk uchun bir nechta katta-kichik xonalar mavjud.