Kompaniya haqida

Kompaniya haqida

XK MChJ Sanoat Energetika Guruhi (sobiq Jizzax Petroleum) O'zbekiston Respublikasidagi eng yirik neft va gaz kompaniyalaridan biridir.

Kompaniya haqida

Kompaniya O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1002-sonli 15.12.2019 yil “O’zlashtirilishi qiyin bo’lgan konlardan neft qazib olishni va uglevodorodlar hajmini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga muvofiq neft ishlab chiqarishni ko’paytirish dasturi ijrochisi hisoblanadi.

Bugungi kunda Sanegga geologiya-qidiruv va foydali qazilmalarni qazib olish uchun tegishli ravishda va litsenziyalar ro’yxatdan o’tkazilgan holda 103 ta neft va gaz konlariga yer qaʼridan hamda yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi berilgan.

Saneg neft qazib olishning qariyb 80%ni va tasdiqlangan gaz zaxiralarining taxminan 22% ni tashkil qiladi. 2022 yilda neft qazib olishning umumiy hajmi 586,4 ming tonnani tashkil etdi. Gaz - 1,5 mlrd m³. 2022-yilda kompaniya tomonidan ichki bozorda 320 ming tonnadan ortiq dizel yoqilg’isi va 250 ming tonnadan ortiq turli markadagi benzin sotilgan. Kompaniyada 10 000 dan ortiq xodim ishlaydi. Ishlab chiqarish tsexlari Qarshi, Muborak va Andijon, Navoiy va Ustyurt shaharlarida joylashgan. 

Kompaniyada nafaqat neft va gaz, balki xomashyo qayta ishlanib, yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan benzin, dizel, neft, aviakerosin va boshqa qator mahsulotlar ishlab chiqariladi. Qayta ishlash 2022-yil may oyidan boshlab Saneg tarkibiga kiruvchi Farg’ona neftni qayta ishlash zavodida amalga oshirilmoqda. Yoqilg'i O'zbekiston Respublikasi bo'ylab kompaniya hamkorlarining chakana savdo tarmoqlari orqali sotiladi.

 

Kompaniya haqida