Kompaniyaning asosiy boyligi va biznes vazifalarini amalga oshirishdagi asosiy resursi kompaniyaning malakali va faol xodimlari hisoblanadi. Bunday yondashuv kadrlar siyosatining asosini tashkil etadi.
Kompaniya xodimlarga bizga raqobatbardosh ustunliklarni taqdim etadigan va biznesimizning izchil rivojlanishiga hissa qo‘shadigan strategik resurs sifatida qaraydi.
Kadrlar siyosatining maqsadi korxonani yuqori malakali xodimlar bilan ta’minlash, ularning samarali ishlashi uchun shart-sharoit yaratish, kadrlar salohiyatini shakllantirish va rivojlantirish, bilim va malakalarni yosh xodimlarga yetkazishdan iborat.
Kadrlar siyosati tamoyillari:
Kadrlar siyosatining o‘zaro bog‘liq bo‘lgan asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
Kadrlar siyosati ijtimoiy hamkorlik va sheriklik asosida kompaniyaning texnik, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarini hal qilishda o‘z kasbiy salohiyatini maksimal darajada namoyon etishga intiladigan yuqori malakali xodimlar jamoasini boshqarishning samarali mexanizmini yaratishga qaratilgan.
Kompaniyaning kadrlar siyosati mehnat bozorida jozibador va ijtimoiy mas’uliyatli ish beruvchi maqomini saqlab qolishga qaratilgan.