Foydali yoz: Sanegda talabalar amaliyoti qanday o‘tmoqda

Foydali yoz: Sanegda talabalar amaliyoti qanday o‘tmoqda

53
Foydali yoz: Sanegda talabalar amaliyoti qanday o‘tmoqda

Har yozda Saneg texnika oliy o‘quv yurtlari talabalariga kompaniyalar guruhining yetakchi korxonalarida amaliyot o‘tash imkoniyatini taqdim etadi. Bu vaqtda nazariy bilimlar amalda qo‘llaniladi, kelajak mutaxassislari esa kasbga dastlabki qadamlarini qo‘yadilar.

2025-yilda Sanegda Samarqand texnologiya universiteti (SIUT), Buxoro davlat texnika universiteti, Gubkin nomidagi Rossiya davlat universitetining Toshkent filiali, Imperatritsa Yekaterina II nomidagi Sankt-Peterburg tog‘-kon universiteti hamda Brayton universiteti (Buyuk Britaniya)ning 180 dan ortiq talabalari amaliyot o‘tamoqda. Amaliyot Saneg, SEG Motol, SEG Tasco, Osiyotech, Enera korxonalari, Farg‘ona NQIZ, Toshkentdagi ilmiy-texnologik markaz hamda kompaniyaning markaziy ofisida tashkil etilgan.

Bo‘lajak muhandislar, IT-mutaxassislar, geologlar, kimyogarlar, iqtisodchilar va menejerlari amaliy tajriba orttirmoqda, neft-gaz sohasidagi ishlab chiqarish jarayonlari va eng zamonaviy texnologiyalar bilan tanishmoqda.

Gubkin nomidagi RDU Toshkent filialining "Neft va gaz ishi" yo‘nalishi talabalari uchun maxsus dastur ishlab chiqilgan: ushbu dastur nazariy qism, Qarshidagi o‘quv poligonida mashg‘ulotlar va konlarga tashriflarni o‘z ichiga oladi. O‘qishni yakunlagach, talabalar neft va gaz qazib olish kuzatuvchilari guvohnomasini qo‘lga kiritadilar — bu sohadagi ishni boshlash uchun muhim qadam hisoblanadi.

"Amaliyot — bu talabalarning kasbga qo‘ygan ilk jiddiy qadami. Biz Sanegda yosh mutaxassislarning haqiqiy ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishishlari va jamoamizning ajralmas qismiga aylanishlari uchun barcha sharoitlarni yaratishga harakat qilamiz. Bu sohaning kelajakdagi kadrlar salohiyatini shakllantirishga qo‘shilgan muhim hissadir",  — dedi bosh direktorning kadrlar va tashkiliy rivojlanish bo‘yicha o‘rinbosari Xurshed Xodjimetov.