Loyihalar

Loyihalar

Kompaniya O‘zbekiston Respublikasi uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etadi.

Loyihalar

Loyihalar

“Neft qazib chiqarish hajmini ko‘paytirish” loyihasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-dekabrdagi “O‘zlashtirilishi qiyin bo‘lgan konlardan neft qazib olish va uglevodorodlarni qayta ishlash hajmlarini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “Sanoat Energetika Guruhi” MChJ XK 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan neft qazib olishni ko‘paytirish dasturining ijrochisiga aylandi va operatorlik funksiyalari 2020-yil 1-yanvardan boshlab unga o‘tkazildi.

103 ta kon bo‘yicha yer qa’ridan foydalanish huquqi qo‘shma korxonaga geologiya-qidiruv va foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar berish, shuningdek, tegishli kon va yer uchastkalarini rasmiylashtirish huquqi bilan bilan o‘tkazib berildi. Kon zahiralarini baholash va uglevodorod qazib olishning eng samarali texnologiyalarini qo‘llash maqsadida kompaniya eng yaxshi takliflarni tanlab, xalqaro miqyosda tan olingan neft konlari bo‘yicha servis va konsalting ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

2020–2030-yillarda neft qazib olish hajmini ko‘paytirish dasturiga muvofiq, baholash-ekspluatatsion quduqlarini burg‘ilash va mavjud quduqlarni kapital ta’mirlash, kollektorlarni geologik-geofizik jihatdan qo‘shimcha o‘rganishning zamonaviy texnologiyalaridan foydalangan holda konlarni bosqichma-bosqich qo‘shimcha o‘rganish hamda quduqlar zaxirasini tiklash va quduqlararo zonalarda bloklangan neftga to‘yingan linzalardan neftni faol chiqarishni tashkil etish orqali neft konlarini faol qo‘shimcha o‘zlashtirishga jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, kompleks dasturni amalga oshirish uchun 2020-yildan 2030-yilgacha bo‘lgan davrda 801 ta quduqni burg‘ilash, 502 taga yaqin quduqni kapital ta’mirlash hamda mavjud quduqlar zaxirasini joriy ta’mirlash bo‘yicha ishlarni olib borish, 2,7 mlrd dollargacha bo‘lgan potensial investitsiyalar bilan eng yangi texnologiyalarni joriy etish talab etiladi.

Kelgusida dasturning O‘zbekistonda barcha ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan rejalashtirilgan neft qazib olish hajmini hisobga olgan holda amalga oshirilishi respublikada jami yillik neft qazib olish hajmini 2 mln tonnagacha yetkazish imkonini beradi.

 

“Farg‘ona NQIZ quvvatlarini ishga tushirish va modernizatsiya qilish” loyihasi

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-fevraldagi “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ quvvatlaridan samarali foydalanish va zavodni modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 67-son qarori bilan “Sanoat Energetika Guruhi” kompaniyasini Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini ishonchli boshqaruvchi sifatida jalb etish taklifi ma’qullandi.

Farg‘ona NQIZni 2020–2030-yillarda rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish rejalashtirilgan, unga quyidagilar kiritiladi:

2023-yil 1-iyuldan boshlab AI-92 markasidan past bo‘lmagan benzin va Yevro-5 talablariga javob beradigan dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish;

moy blokini modernizatsiya qilish hisobiga xalqaro talablarga javob beradigan motor moylarini ishlab chiqarish;

2030-yilgacha neftni qayta ishlash quvvatini kamida 2 mln tonnaga yetkazish va bozor narxidan kelib chiqib, import qilinadigan neftga mutanosib ravishda ishlab chiqarilgan mahsulotlar uchun erkin narxdan foydalanisga ruxsat berish;

Farg‘ona NQIZni modernizatsiya qilishning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish va vakolatli organlarda ekspertizadan o‘tkazish;

investitsiya loyihalari tadbirlarini amalga oshirish uchun 400 mln AQSH dollarigacha bo‘lgan miqdorda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, xalqaro va mahalliy moliya institutlarining kredit resurslarini jalb qilish.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-fevraldagi 67-son qaroriga asosan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (foydani oluvchi), “Sanoat energetika guruhi” MChJ XK (ishonch boshqaruvchisi) va “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ (loyiha kompaniyasi) o‘rtasida 2020-yil 7-martda ishonchli boshqaruv shartnomasi imzolandi.