Saneg Farg‘ona viloyatida yangi AYOQSH ochdi

Saneg Farg‘ona viloyatida yangi AYOQSH ochdi

29
Saneg Farg‘ona viloyatida yangi AYOQSH ochdi

Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida Saneg tarmog‘ining 20-avtoyoqilg‘i quyish shoxobchasi ishga tushdi. Kompaniya o‘z faoliyati geografiyasini kengaytirib, haydovchilarga yuqori sifatli yoqilg‘i va zamonaviy xizmat taklif etgan holda tarmoqni rivojlantirishni davom ettirmoqda.

Shoxobcha sakkizta yoqilg‘i quyish kolonkasi bilan jihozlangan. Mijozlarga AI-92, AI-95, AI-100 va dizel yoqilg‘isi taqdim etilgan. AYOQSHda shuningdek, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish uchun QR-kolonka o‘rnatilgan bo‘lib, bu mijozlarga navbat kutmasdan tez va qulay tarzda yoqilg‘i quyib olish imkonini beradi.

Bundan tashqari, AYOQSH hududida kompaniyaning Italiyaning Bari shahridagi zavodida ishlab chiqarilgan Saneg xususiy motor moylari assortimenti taqdim etilgan. Tashrif buyuruvchilar uchun do‘kon va shinam qahvaxona ham mavjud.

"Biz sifat, xavfsizlik va qulaylikka ustuvor ahamiyat bergan holda Sanegning mamlakatimizning barcha hududlaridagi mavqeini mustahkamlashda davom etmoqdamiz. Har bir yangi shoxobcha – bu yuqori xizmat ko‘rsatish standartlariga javob beradigan zamonaviy infratuzilmani yaratish yo‘lidagi qadamdir", – dedi Saneg bosh direktori To‘lqin Yusupov.