Saneg oliy ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarishni integratsiyalash jarayonini takomillashtirmoqda

Saneg oliy ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarishni integratsiyalash jarayonini takomillashtirmoqda

690
Saneg oliy ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarishni integratsiyalash jarayonini takomillashtirmoqda

O‘zbekistondagi eng yirik neft-gaz kompaniyalaridan biri – “Saneg” Buxoro muhandislik-texnologiya instituti bilan hamkorlik shartnomasini tuzdi.

2023-yildan boshlab korxona universitet talabalarini Saneg obyektlarida ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotiga jalb etish, shuningdek, o‘zini yaxshi ko‘rsatgan yosh mutaxassislarni ishga qabul qilishni yo‘lga qo‘yadi.

Talabalar bilan ishlash geologiya-qidiruv, uglevodorod qazib olish, energetika, mexanika, metrologiya, loyihalarni boshqarish va qurilish kabi yo‘nalishlarga qaratiladi.

"Buxoro viloyatidagi yetakchi oliy o‘quv yurtlaridan biri bilan erishilgan kelishuv yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish, yosh va istiqbolli mutaxassislarni ish bilan ta’minlash imkonini beradi. Talabalar o‘z bilimlarini amaliyotda qo‘llashni iloji boricha tezroq boshlash va buni maksimal darajada samarali bajarish imkoniga ega bo‘lishi biz uchun juda muhimdir. Maqsadimiz O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirishga hissa qo‘shish va malakali texnik mutaxassislarni tayyorlashga ko‘maklashishdan iborat", — deydi bosh direktorning kadrlar bo‘yicha o‘rinbosari Xurshed Hojimetov.

Shartnomada, shuningdek, neft-gaz sanoati sohasida bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirish maqsadida seminarlar, mahorat darslari va boshqa tadbirlar tashkil etish ham ko‘zda tutilgan.