Saneg boshqaruvi ostida “Yangi Qoratepa” konida yana neft qazib olinа boshladi

Saneg boshqaruvi ostida “Yangi Qoratepa” konida yana neft qazib olinа boshladi

853
Saneg boshqaruvi ostida “Yangi Qoratepa” konida yana neft qazib olinа boshladi

Bugun ushbu kondan u kompaniyaga topshirilgan paytdagidan kora ancha ko‘p miqdorda neft qazib olinmoqda.

O‘zbekistonda neft qazib olishni ko‘paytirish davlat dasturi ijrochisi bo‘lgan Saneg kompaniyasi mutaxassislari Qashqadaryodagi konda qazib chiqarish hajmini oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

2022-yil dekabr oyi boshiga ko‘ra “Yangi Qoratepa”da kuniga 88 tonnadan ortiq neft qazib olinmoqda, bu ikki yil avvalgiga nisbatan 38 barobar ko‘pdir. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 15.12.2019-yildagi 1002-son qaroriga asosan 2019-yil dekabr oyida kon “O‘zbekneftgaz”dan Sanegga o‘tkazilganda amaldagi konning fondi 3 ta neft qudug‘idan iborat edi. O‘rtacha sutkalik neft qazib olish debiti kuniga 2,3 tonnadan oshmasdi.

“Yangi Qoratepa” koni 2003-yilda ochilgan. Dastlabki geologik zaxiralar 9 million tonnadan ortiq suyuq uglevodorodlar deb baholangan. Konda bir qator murakkabliklar mavjud bo‘lib, ularning asosiylari: tektonik buzilishlarga ega bo‘lgan geologik sharoitlar, qatlam bosimining pastligi uglevodorod qazib olish jarayonini sezilarli darajada qiyinlashtiradi. Kon topshirilishidan ko‘p o‘tmay, Saneg mutaxassislari qazib chiqarishni rag‘batlantirish yo‘llarini izlay boshladi.

30 dan ortiq geologik-texnik tadbirlar, jumladan, tutish va avariya ishlari, quduqlarni qayta sinovdan o‘tkazish, ta’mirlash-izolyatsiya ishlari, oqimni rag‘batlantirish ishlarini olib borish hisobiga mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish imkoni tug‘ildi.

“Kon yangi emas, lekin salohiyati yaxshi. Mavjud geologik va kon ma’lumotlari tahlili asosida 2022-yil may oyida biz qariyb 3600 metrga yaqin chuqurlikda perforatsiya ishlarini olib bordik va kuniga 100 tonnadan ortiq neft favvoraviy oqimini oldik. Maqsadimiz Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi quvvatlarini yuklash uchun qazib chiqarish sur’atlarini oshirishdan iborat, ayniqsa, hozirda yoqilg‘i bilan bog‘liq vaziyat ko‘ndalang turgan paytda buning ahamiyati katta. “Yangi Qoratepa”dagi kabi natijalar bizni bu maqsad sari yanada yaqinlashtirmoqda. Geofizik tadqiqotlarning zamonaviy usullarini, shuningdek, neftni qidirish va qazib olishning ilg‘or texnologiyalarini qo‘llashda davom etamiz”, — deydi Saneg “Qazib chiqarish” divizioni ijrochi direktori To‘lqin Yusupov.

Amalga oshirilgan ishlar natijalariga ko‘ra, 2023-yilda “Yangi Qoratepa” konida uchta yangi quduq burg‘ilash rejalashtirilgan bo‘lib, ulardan biri ayni damda burg‘ilashning yakuniy bosqichidadir.