Neft va gaz kompaniyasi bo‘lmish "Saneg"ning asosiy faoliyati mehnatni muhofaza qilish, sanoat va yong‘in xavfsizligi sohasidagi xavf-xatarlar bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli ushbu kompaniyaning joylardagi va obyektlardagi ishlari muntazam monitoring qilinadi va nazorat ostiga olingan.
Kompaniyada 4 bosqichli nazorat tizimi joriy etilgan bo‘lib, uning to‘rtinchi bosqichi har olti oyda barcha hududiy ishlab chiqarish obyektlarida doimiy komissiya tomonidan o‘tkaziladigan strategik tekshiruvni nazarda tutadi.
"Ishlab chiqarish jarayonining barcha darajalarida, birinchi navbatda, hamma uchun umumiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini tashkil etuvchi detallarga e’tiborli bo‘lish kerak, - deydi Saneg bosh muhandisi Sergey Ryabov. - Tekshiruvning mohiyati aybdorlarni "jazolash" emas, balki muammoli joylarni aniqlash, ko‘rsatmalar berish va pirovardida ishchilarning mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishlarni xavfsiz olib borish hamda xodimlar hayoti xavfsizligini ta’minlashdan iborat. Bizning maqsadimiz - korxonada texnogen avariyalar va baxtsiz hodisalarni nolga tenglashtirish".
Shu tariqa, 10-17-aprel kunlari komissiya a’zolari Saneg faoliyat ko‘rsatayotgan viloyatlardan birida "Andijon" bo‘limidagi obektlarni ko‘zdan kechirdi. Bu yerda beshta ishlab chiqarish sexi joylashgan bo‘lib, ularda 800 dan ortiq kishi mehnat qiladi. O‘tgan yili mazkur bo‘linma tomonidan 138 ming tonna suyuq uglevodorodlar ishlab chiqarilgan edi.