Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi 33 foiz modernizatsiya qilindi

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi 33 foiz modernizatsiya qilindi

1485
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi 33 foiz modernizatsiya qilindi

👷‍♂️ Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi 33 foiz modernizatsiya qilindi

Saneg ishtirokida amalga oshirilayotgan zavod tarixidagi eng katta rekonstruksiya ishlarining borishi bilan o‘rtoqlashamiz.

Amaldagi zavodni modernizatsiya qilish loyihasi 2020-yilda, korxona Saneg ishonchli boshqaruvi ostida bo‘lgan davrda boshlangan edi. Modernizatsiya tufayli 2024-yilga borib zavod mahsulot turlarini kengaytirib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshiradi.

Kelgusida FNQIZ O‘zbekistonda Yevro-5 toifali avtomobil benzinlari hamda bazaviy moylarni ishlab chiqaruvchi birinchi va yagona korxonaga aylanadi.

Loyihaning muhim jihati – uglevodorodlarning qaytarib bo‘lmaydigan yo‘qotishlarini kamaytirish hamda zavodning rezervuar parkini yangilashdir. Ayni paytda turli o‘lchamdagi 36 ta yangi zamonaviy rezervuardan 12 tasi o‘rnatilmoqda. Metrologik hisob-kitoblar, ishlab chiqarishni nazorat qilish, rezervuarlarni inventarizatsiya qilish va rezervuarlarni ortiqcha to‘ldirib yuborishga yo‘l qo‘ymaslik uchun Shveysariyaning Endress+Hauser kompaniyasining TankRadar Rex o‘lchash tizimi qo‘llaniladi.

Yangi va mavjud texnologik bug‘ qurilmalarining ishlab chiqarish ehtiyojlarini qondirish uchun kimyoviy suv tozalash inshooti bilan boyitilgan bug‘ qozoxona loyihalanib, barpo etilmoqda.

Asosiy bloklarning qurilishi ham boshlangan, natijada FNQIZ quvvatlari oshiriladi. Gidrokreking qurilmasi, vodorod ishlab chiqarish bloki hamda qisqa muddatli absorbsiya moslamasi kabilar shular jumlasidandir.

Neft chiqindilarini utilizatsiya qilish va ishlab chiqarishga qaytarish imkonini beruvchi neft shlamlarini qayta ishlash sanoat uskunasi ishga tushirildi.

Turli markalarga oid benzinni barqaror ishlab chiqarish maqsadida Fransiyaning “Axens” kompaniyasining zamonaviy gidrotozalash katalizatori xarid qilindi va katalitik riforming blokining reaktorlariga yuklandi.

Modernizatsiya loyihasini amalga oshirish uchun bugungi kunga qadar jami 249,6 million dollardan ortiq tashqi investitsiyalar va o‘z mablag‘lari jalb etildi.

Modernizatsiya loyihasini amalga oshirish doirasida bugungi kunga qadar jami 249,6 mln AQSh dollaridan ortiq tashqi investitsiyalar va o‘z mablag‘lari jalb etilgan.

“Loyiha doirasida FNQIZ ishlab chiqarish quvvatlarini yuklash hajmini yiliga 2 million tonnagacha oshirish nazarda tutilgan. Korxona Saneg konlaridan qazib olingan mahalliy xomashyo bilan ham, xorijdan import qilingan xomashyo bilan ham ta’minlanadi, – deydi direktorning modernizatsiya va istiqbolli rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari Abdusalom Abdumanoniy. – Hozirda loyihaga minglab ishchilar va yuzlab maxsus texnika jalb etilgan. Ishlar bosqichma-bosqich va samarali amalga oshirilmoqda. Tez orada izomerizatsiya qurilmasi qurilishi boshlanadi, u oktan soni yuqori bo‘lgan qayta ishlanadigan neftdan avtobenzin olish unumini oshiradi”.

Telegam | Instagram | Facebook