Saneg interaktiv uskunalarda kadrlarni tayyorlash sifatini yaxshilamoqda

Saneg interaktiv uskunalarda kadrlarni tayyorlash sifatini yaxshilamoqda

866
Saneg interaktiv uskunalarda kadrlarni tayyorlash sifatini yaxshilamoqda

Endi neftchilar o‘z bilimlarini real ishlab chiqarish faoliyatiga imkon qadar yaqin bo‘lgan  sharoitlarda mukammallashtirish imkoniyatiga ega.

Interaktiv uskunalar Qarshidagi Saneg o‘quv poligoni hududida joylashgan bo‘lib, neftni quduqlardan qazib olish bo‘yicha o‘quv ishlarini olib borish imkonini beradi.

Joyni amaliy mashg‘ulotlarga tayyorlash uchun korxona xodimlari tomonidan tegishli montaj ishlari amalga oshirildi, xususan, shtangli chuqurlik nasosi 204 m chuqurlikka tushirildi, tebranma dastgoh o‘rnatildi, quduq boshidan quvurlar majmuasigacha quvur tortildi, texnik suv aylanishi uchun rezervuar bog‘landi, shtat rejimida ma’lumotlarni kuzatib borish uchun suyuqlik miqdori o‘lchagichi o‘rnatildi.

Interaktiv quduqlarda yer osti jihozlarining ishlashini kuzatish, namunalar olish, shuningdek, quduqlarni rejimga tushirish mumkin.

“Kadrlar tayyorlash Saneg uchun pirovard vazifadir. Neft va gaz qazib olish operatorlarining bilimini oshirar ekanmiz, bir vaqtning o‘zida O‘zbekistonda neft qazib olish samaradorligini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarmoqdamiz, – deydi bosh direktorning kadrlar bo‘yicha o‘rinbosari Xurshed Hojimetov. – O‘tgan yilning aprel oyida poligon ishga tushirilgandan buyon korxonaning 700 nafarga yaqin xodimining malakasi oshirildi. Mashg‘ulotlar usullarini takomillashtirish, jumladan, VR- trenajorlarni joriy qilish rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu virtual muhitdagi stimulyatorlarda Saneg kompaniyasining mavjud tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish bo‘yicha barcha talablar inobatga olingan".

Bundan tashqari, o‘quv poligoni deyarli to‘liq quyosh batareyalari bilan ta’minlangan. Quyoshli elekrtostansiya bloki soatiga 15 kv energiya ishlab chiqaradi va maydonda o‘rnatilgan uskunalarning katta qismini elektr bilan ta’minlashga qoqir.