Sanegda “Smart&Young by Saneg” yosh mutaxassislarning yillik ilmiy-texnika anjumani bo‘lib o‘tdi

Sanegda “Smart&Young by Saneg” yosh mutaxassislarning yillik ilmiy-texnika anjumani bo‘lib o‘tdi

950

Tanlovning asosiy dvigateli – ishtirokchilarning kompaniya va umuman sohaning ilmiy-texnikaviy taraqqiyotiga hissa qo‘shishga bo‘lgan katta ishtiyoqdir. Jumladan, konferensiya ishtirokchilaridan biri, gaz tayyorlash va tashish bo‘limi muhandisi Mirsoat Tangriyev “Gas-to-liquid” texnologiyasidan foydalangan holda yo‘ldosh neft gazini sintetik yoqilg‘iga qayta ishlash orqali uni monetizatsiya qilish loyihasini taqdim etdi.

Yosh mutaxassislar ko‘plab boshqa maszularni ham o‘rtaga tashlashdi, ular orasida - yuqori yopishqoqlikdagi neft konlarini o‘zlashtirish, qatlam suvlaridan yod olish istiqbollari, neft va gaz qazib olish obyektlariga sulfat kamaytiruvchi bakteriyalarning ta’siri, koltyubing usulidan foydalangan holda depressiyadagi gorizontal quduqlarni burg‘ilash kabilar bor.

“Ilmiy-texnik konferensiya yosh mutaxassislarning o‘z bilim, ko‘nikmalari hamda dolzarb muammolarga eng to‘g‘ri yechim topish qobiliyatini namoyish etadigan maydondir. Bu yilgi ilmiy ishlarning saviyasi yosh avlod ning salohiyati yuksakligidan dalolat beradi. Shu bois, yosh kadrlarni rag‘batlantirish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash Sanegning kadrlar siyosatining asosiy elementi hisoblanadi”, — dedi Saneg bosh direktorining kadrlar va tashkiliy rivojlanish bo‘yicha o‘rinbosari Xurshed Xojimetov.

Konferensiya yakunlari bo‘yicha ekspertlar komissiyasi ishtirokchilarning eng muvaffaqiyatli ishlanmalarini tanlab oldi, ular kelgusida ishlab chiqarishga joriy etish uchun tavsiya etiladi.