“Sharqiy Toshli” konida avvallari kam istiqbolli deb hisoblangan unumdor gorizontni qayta ekspluatatsiyaga kiritishga erishildi

“Sharqiy Toshli” konida avvallari kam istiqbolli deb hisoblangan unumdor gorizontni qayta ekspluatatsiyaga kiritishga erishildi

989
“Sharqiy Toshli” konida avvallari kam istiqbolli deb hisoblangan unumdor gorizontni qayta ekspluatatsiyaga kiritishga erishildi

GRDC ilmiy-texnologik markazi mutaxassislari hamda ERIELL burg‘ilash pudratchisi bilan hamkorlikda konlarni o‘zlashtirishga sifat jihatidan yangi yondashuv qo‘llanildi.

XVI gorizontni o‘zlashtirish ishlari 1975-yilda boshlangan, 2017-yilga kelib sanoat neft oqimlarining yo‘qligi sababli avvalgi yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan to‘xtatilgan edi.

Eski materiallarni qayta talqin qilish natijalariga asoslangan holda, shuningdek, filtratsiya va sig‘im xususiyatlarini aniqlashning zamonaviy usullari yordamida konni o‘zlashtirishga yondashuvni o‘zgartirish imkoniyati yaratildi.

"Biz oqimni intensifikatsiya qilish texnologiyasini o‘zgartirdik: zaboy atrofidagi zonaga kislota bilan ishlov berdik, tortib olish hajmi va bosimini oshirdik, shu bilan tog‘ bosimiga yaqin bo‘lgan chuqurlik bosimini yaratdik. Qayta sinash natijalariga ko‘ra, har bir quduqdan sutkalik 62 tonnagacha neft hajmi oshishiga erishlik”, — dedi GRDC ilmiy-texnologiya markazi direktori Azizbek Nazarov.

Amalga oshirilgan geologik-texnik tadbirlar natijalari hamda konning geologik-gidrodinamik modelini aktuallashtirish asosida 1,5 km chuqurlikda zamonaviy ochish va tortib olish texnologiyalaridan foydalangan holda yangi quduqlarni burg‘ilash ko‘zlangan edi.

Hozirgacha oltita quduq burg‘ilandi. Xususan, 136-sonli quduqda ko‘p hajmli kislotali ishlov berish tufayli sutkalik debiti 20 tonna bo‘lgan neft oqimini olish imkoni tug‘ildi.

"Konning yuqori darajada o‘zlashtirib bo‘linganiga qaramay, o‘tkazib yuborilgan va o‘zlashtirilmay qolgan intervallarni izlash uning "jonlanishida" hal qiluvchi rolni o‘ynadi. Burg‘ilangan quduqlardagi kern tadqiqotlari qatlam bilan ishlashga yondashuvning to‘g‘riligini tasdiqladi”, — deya qo‘shimcha qildi Azizbek Nazarov.

Hozirgi vaqtda qazib chiqarishni intensifikatsiya qilish samarasi davomiyligini oshirish uchun konning turli qismlarida qatlamlarga ishlov berish uchun optimal kislotali tarkiblar ishlab chiqilmoqda.