FNQIZda bazaviy moylar sifatini yaxshilash dasturi ishga tushirildi

FNQIZda bazaviy moylar sifatini yaxshilash dasturi ishga tushirildi

2449
FNQIZda bazaviy moylar sifatini yaxshilash dasturi ishga tushirildi

O‘zbekistonda ilk bor amalga oshirilayotgan mazkur loyiha ishlab chiqarilayotgan birinchi guruhga oid bazaviy moylar sifatini oshirish va ularni Yevropa standartlariga yetkazish imkonini beradi.

FNQIZda ishlab chiqarilayotgan bazaviy moylar sifatini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli dasturni amalga oshirish ishlari boshlandi. Dastur doirasida atmosfera-vakuum kolonnasini modernizatsiya qilish, shuningdek, mineral bazaviy moylar ishlab chiqarish qurilmalarini ta’mirlashni nazarda tutadi. Dasturning maqsadi moylarning fizikaviy va kimyoviy xususiyatlarini eng yaxshi Yevropa standartlariga javob beradigan darajaga yetkazishdan iborat.

Dasturning birinchi bosqichi doirasida bazaviy moylarni gidrotozalash kolonnasidagi katalizator almashtirildi. Ushbu qurilma moy mahsulotlarini oltingugurt, azot, aromatik uglevodorodlar va qatronli asfalt moddalardan chuqur tozalashni amalga oshiradi, ular moylarning oksidlanish barqarorligi, korroziya xususiyatlari va rangiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Saneg texnik mutaxassislari tomonidan eng zamonaviy yechim tanlandi - katalitik jarayonlar texnologiyalari bo‘yicha jahon yetakchisi hisoblangan Daniyaning Topsoe kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan HyBRIM oilasiga oid katalizator. Bu oltingugurt va azot aralashmalaridan chuqur tozalashni ta’minlaydigan yangi avlod katalizatorlaridir.

“Bazaviy moylar sifatini yaxshilash dasturi - kompaniyaning innovatsiyalarga intilishi va mahsulotlarni takomillashtirish sari qadamdir. Yangi katalizator gidrotozalash moslamasining imkoniyatlaridan maksimal darajada samarali foydalanish hamda antioksidant va korroziyaga qarshi yaxshilangan xususiyatlarga, yaxshilangan rangga ega moylarni ishlab chiqarish imkonini beradi, bu esa mahsulotni bazaviy moylar uchun global API standartlari sari yaqinlashtiradi, - dedi Saneg bosh direktori To‘lqin Yusupov.

Gidrotozalashdan so‘ng takomillashtirilgan bazaviy moylar "SEG Motol" brendi ostida motor, transmissiyavviy, gidravlik, reduktor, kompressor va boshqa turdagi tijorat moylarini ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. 2024-yilda kompaniya 130 ming tonnaga yaqin bazaviy moylarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.