Farg‘ona NQIZ 65 yoshda!

Farg‘ona NQIZ 65 yoshda!

2287
Farg‘ona NQIZ 65 yoshda!

 

Respublikamizdagi eng yirik ishlab chiqarish korxonalardan biri, istemolchilarni barcha turdagi neft mahsulotlari bilan ta’minlovchi, shu jumladan, yuqori oktanli benzin, aviakerosin, dizel yoqilg‘isi, tovar motor moylari, bitum, parafin va 50 dan ziyod turdagi boshqa neft mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining (FNQIZ) tashkil topganiga 65 yil to‘ldi!O‘tgan vaqt ichida zavodda qanday o‘zgarishlar ro‘y berdi, qanday natijalarga erishildi va istiqboldagi rejalar qanday? Bugun uzoq tarixga va mustahkam an’analarga ega bo‘lgan korxona haqida so‘z boradi!

O‘tmishsiz kelajak yo‘q


1-sonli sex, ya’ni zavodning birinchi ishlab chiqarish-texnologik bazasi 1959-yil 27-yanvarda ishga tushirilgan. Shu paytdan boshlab O‘rta Osiyoda ilk bor motor yoqilg‘isi va moylash materiallari ishlab chiqarila boshlandi. Vaqt o‘tishi bilan zavod quvvatlari ortib bordi va 1965-yilda sanoat giganti to‘liq quvvat bilan ishlashga o‘tdi. Shu yildan zavodda K-12 markali benzin, shuningdek, yuqori oktanli yoqilg‘i ishlab chiqarila boshlandi. 1966 yilda zavodning 2-sexi ishga tushirildi.


90-yillarning boshidan zavod O‘zbekistonda qazib chiqariladigan uglevodorodlarning to‘liq hajmini qayta ishlashga o‘tdi. 1992–2004-yillarda FNQIZ “O‘zbekneftegaz” xolding kompaniyasi tarkibida faoliyat ko‘rsatgan, yiliga 8,7 million tonna uglevodorodni qayta ishlashga muvaffaq bo‘lgan. Ishlab chiqarish maydonida jami 44 ta texnologik qurilmaga ega bo‘lgan.

Zavodning yangi qiyofasi


Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi bugungi kunda mamlakatimiz neft tarmog‘idagi yirik korxonalardan biri sanaladi, uning viloyat va mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi beqiyosdir. Shu bois ham aholi ehtiyojini qondirish uchun sifatli yoqilg‘i-moylash materiallari ishlab chiqarish, mehnat sharoitlari va ekologik muhitni yanada yaxshilash, zamonaviy energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish, xorijiy hamkorlar bilan mustahkam aloqalar o‘rnatish bugungi kunda uning ustuvor vazifalari hisoblanadi.


2022-yil may oyida Farg‘ona NQIZ Saneg boshqaruviga o‘tkazildi. Bu vaqt ichida zamonaviy va ekologik toza dizel yoqilg‘isi (yozgi va qishki) ishlab chiqarishga erishildi, Jet A-1 reaktiv yoqilg‘isi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, zamonaviy avtomobil uskunalari va sanoat uskunalari talablariga javob beradigan motor, transmissiya, gidravlika va reduktor moylarini ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.


Farg‘ona NQIZni modernizatsiya qilish loyihasining ishga tushirilishi zavod faoliyatida yangi bosqichni boshlab berib, raqamli texnologiyalar va ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish istiqbollarini ochdi.


Masalan, FNQIZ O‘zbekiston neft-gaz sanoatida birinchilardan bo‘lib SAP ERP tizimini joriy qildi, bu bir qator muhim biznes jarayonlarni, jumladan, tayyor mahsulotlarni sotishni avtomatlashtirish imkonini berdi.

Dasturlar va loyihalar - muvaffaqiyat garovi


Yuqori sifatli neft mahsulotlarini barqaror ishlab chiqarish uchun bugungi kunda 5 ta texnologik qurilma barpo etilib, mavjudlari rekonstruksiya qilinmoqda. Zavodda yangi boshqaruv majmuasi, markaziy zavod operatorlar xonasi, zamonaviy laboratoriya qad rostlaydi.
Yuqori sifatli neft mahsulotlarini barqaror ishlab chiqarish uchun ayni paytda 5 ta yangi texnologik blok barpo etilib, zavodda mavjud 10 ta bino va inshootlar rekonstruksiya qilinmoqda.


Modernizatsiya tugaganidan so‘ng korxonaning ishlab chiqarish quvvati bir necha barobar ortadi va u yiliga 2 million tonnadan ortiq uglevodorodlarni qayta ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Natijada API II+/III tasnifi bo‘yicha AI-92 benzini va Evro 5 dizel yoqilg‘isi, Jet A-1 avia yoqilg‘isi, bazaviy va motor moylari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi va qayta ishlash chuqurligi 92+% ga yetadi.


Korxonada energiya sarfini kamaytirish maqsadida suv va bug‘ ta’minoti tizimi optimallashtiriladi. Mavjud rekonstruksiya qilinayotgan obyektlarda energiya sarfi yuqori bo‘lgan eski nasoslarni tejamkor va zamonaviylariga almashtirish ishlari davom etmoqda.


Bundan tashqari, zavoddagi mavjud 325 ta rezervuardan 116 tasini optimallashtirish, 41 ta rezervuarga ponton uskunalarini o‘rnatish, shuningdek, 36 ta yangi rezervuarni qurish orqali ularni saqlash vaqtida neft mahsulotlarining qaytarib bo‘lmaydigan yo‘qotishlari sonini keskin kamaytirish rejalashtirilgan.
Atrof-muhit nafaqat zavodda, balki butun viloyatda yaxshilanadi. Xomashyo, ishlab chiqarilgan mahsulotlar va energiya resurslarini nazorat qilish hamda hisobga olish tizimlari avtomatlashtiriladi.


Masalan, atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish maqsadida Xitoyning “Hebei GN Solids control Co., LTD” kompaniyasi bilan birgalikda neft shlamini qayta ishlash qurilmasi ishga tushirildi.


Kompaniyaning innovatsiyalar va mahsulotni takomillashtirishga bo‘lgan intilishidagi yana bir qadam bazaviy moylar sifatini yaxshilash dasturining ishga tushirilishi bo‘ldi. O‘zbekistonda ilk bor amalga oshirilayotgan mazkur loyiha ishlab chiqarilayotgan birinchi guruhga oid bazaviy moylar sifatini oshirish va Yevropa standartlariga yetkazish imkonini beradi.

Mehnat qilgan elda aziz


Barcha ishlar bosqichma-bosqich, tizimli ravishda zavodning yuqori malakali kadrlari va jalb etilgan xorijlik mutaxassislar sa’y-harakati bilan amalga oshirilmoqda. Modernizatsiya loyihasi FNQIZning ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va korxonaning raqobatbardoshligini mustahkamlashga qaratilgan umumiy keng ko‘lamli strategiyasining bir qismidir.
“65 yillik yubileyimiz munosabati bilan unda o‘nlab yillar davomida mehnat qilgan, uning muvaffaqiyati va farovonligini shakllantirishga ulkan hissa qo‘shgan mehnatkashlarni alohida ta’kidlamasdan ilojimiz yo‘q”, – dedi Farg‘ona NQIZ direktori Zafar Teshabayev. - O‘zgarishlarning har bir bosqichi sabr-toqat, qat’iyat va ulkan mehnatni talab qiladi. Ishonchimiz komilki, bizning ishtiyoqimiz va qat’iyatimiz zavodimiz kelajagi sari qiladigan qiziqarli sayohatimizda ishonchli hamkorimizga aylanadi”.