Saneg va Vema Carbon mash’ala gazlarini qayta tiklash loyihasini ishga tushirmoqda

Saneg va Vema Carbon mash’ala gazlarini qayta tiklash loyihasini ishga tushirmoqda

2464

Loyiha chiqindilarni kamaytirish va ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish uchun sharoit yaratadi.

Saneg kompaniyasi Shveysariya va Norvegiyada ro‘yxatdan o‘tgan “Vema Carbon S. A.” hamda “ICA-Finance A.S.” korxonalari bilan hamkorlikda “Qarshi” HIChK va “Muborak” HIChKda mash’ala gazlarini utilizatsiya qilish loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Loyiha ikki bosqichda amalga oshirilishi ko‘zlanmoqda, bular:

1-bosqich “Yangi Qoratepa”, “Shimoliy Sho‘rtan” va “To‘rtsari” neft konlarini modifikatsiyalashni o‘z ichiga oladi. 2-bosqich “Shimoliy O‘rtabuloq”, “Sardob”, “Chegara”, “Sho‘rtepa” va “Sharqiy Toshli” neft konlarini modifikatsiyalashni o‘z ichiga oladi.

Saneg barcha manfaatdor tomonlarni yuqorida tilga olingan mash’ala gazlarini kamaytirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirishga taklif qiladi.

Taklif va istaklarni Iqbol Mamatrahimovga quyidagi elektron pochta orqali 2024-yil 29-fevralgacha yuborish mumkin: i.mamatrakhimov@saneg.com.

O‘z fikr va takliflarini bildirgan manfaatdor tomonlar ushbu tadbirlarga bag‘ishlangan onlayn yoki offlayn konferensiyada ishtirok etish zarurati haqida elektron pochta orqali alohida xabardor qilinadi. Tadbir o‘tkaziladigan joy va sana manfaatdor tomonlar bilan kelishilmoqda.