Italiyada ishlab chiqarilgan dastlabki SEG Motol sintetik va yarim sintetik moylari O‘zbekiston bozoriga yetkazib berildi

Italiyada ishlab chiqarilgan dastlabki SEG Motol sintetik va yarim sintetik moylari O‘zbekiston bozoriga yetkazib berildi

4670
Italiyada ishlab chiqarilgan dastlabki SEG Motol sintetik va yarim sintetik moylari O‘zbekiston bozoriga yetkazib berildi

Saneg kompaniyaning Italiyaning Bari shahrida joylashgan zavodida ishlab chiqarilgan SEG Motol Diesel 10W-40, API CI-4/SL sintetik va yarim sintetik moylarini yetkazib berishni boshladi.

SEG Motol Diesel 10W-40, API CI-4/SL sintetik va yarim sintetik moylari Yevropa, Amerika va Osiyo ishlab chiqaruvchilarining magistral shatakchilari, qurilish, karer va yo‘ltanlamas texnikalarining zamonaviy og‘ir yuklangan dizelli dvigatellari uchun mo‘ljallangan. Ular Amerika neft instituti (API) CI-4 darajasi, shuningdek, Yevropa avtomobil muhandislari uyushmasining (ACEA) E4/E7 darajasiga talablariga javob beradi.

Bundan tashqari, ushbu mahsulotlar Daimler (MB 228.3, 228.5), Cummins (CES 20076/20077, 20078), MAN (M 3275-1, M 3277/3377), Volvo (VDS 3), Caterpillar (ECF-2/ECF 1a), Deutz (DQC III, IV), MTU Cat.3, MACK (E-OM Plus, E-ON), Renault Trucks (RLD-2) kabi ishlab chiqaruvchilarning talablariga javob beradi.

Ushbu mahsulotlarda ishlatiladigan sintetik baza yuqori yopishqoqlik indeksini, yeyilishga qarshi va oksidlanishga qarshi xususiyatlarni ta’minlaydi, dvigatelni eng og‘ir ish sharoitlarida yeyilib ketishdan himoya qiladi.

“2023-yilda Saneg O‘zbekistonda 5,5 ming tonna tijorat moylarini sotgan. Bizning asosiy strategik maqsadlarimizdan biri - motor, transmissiya va sanoat moylarini o‘z ichiga olgan kengroq turdagi tijorat mahsulotlarini rivojlantirish va bozorga chiqarishdan iborat. Joriy yilda ichki bozorda 10 ming tonnadan ortiq moy sotishni rejalashtirganmiz, bu O‘zbekiston bozorining qariyb 8 foizini tashkil etadi”, — dedi Saneg bosh direktori To‘lqin Yusupov.

Italiyada SEG Motol brendi ostida mahsulotlarni ishlab chiqarish yaqinda Italiyaning yuqori sifatli avtomobil va sanoat moylari hamda moylash materiallari ishlab chiqaruvchisi Saneg OIL ITALY S.P.A.ni sotib olinganidan keyin boshlandi.

Bitim ikki kompaniya o‘rtasida ilmiy-texnikaviy, tijorat va marketing hamkorligini, shuningdek, boshqaruv, logistika va xarid jarayonlarini integratsiyalashni nazarda tutadi.

2024-yilda kompaniya Farg‘ona NQIZ ishlab chiqarish liniyasiga 25 ta yangi neft mahsulotlarini, jumladan, yengil avtomobillar uchun SEG Motol motor va transmissiya moylarini ishlab chiqarishni qo‘shishni rejalashtirmoqda.