Italiyada Saneg brendi ostida sanoat moylari va moylash materiallari ishlab chiqarish boshlandi

Italiyada Saneg brendi ostida sanoat moylari va moylash materiallari ishlab chiqarish boshlandi

727
Italiyada Saneg brendi ostida sanoat moylari va moylash materiallari ishlab chiqarish boshlandi

O‘zbekistondagi vertikal integratsiyalashgan Saneg neft-gaz kompaniyasining sho‘ba korxonasi bo‘lgan “Saneg Oil Italy" kompaniyasi shu nomdagi brend ostida sanoat uchun mo‘ljallangan moy va moylash materiallari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.

Sanoat moylari assortimenti 21 turdagi, jumladan, gidravlika, reduktor, kompressor, sirulyatsiya va turli sohalarda foydalanish uchun boshqa moylarni o‘z ichiga oladi. Moylash materiallari assortimenti 15 xil - avtomobillarning uzellari va agregatlarida, shuningdek, sanoat uskunalarida foydalanish uchun mo‘ljallangan ko‘p maqsadli kompleks litiy, litiy-kalsiy hamda sulfonat mahsulotlardan iborat.

Saneg mahsulotlari ham Yevropa Ittifoqi, ham boshqa mamlakatlar, jumladan, O‘zbekiston bozorida sotish uchun mo‘ljallangan. Ular sanoat moylari va moylash materiallari uchun qo‘llaniladigan zamonaviy Yevropa standartlariga javob beradi. Ular kompaniyaning ishlab chiqarish maydonchasida - Bari shahridagi blending zavodida yuqori texnologiyali qo‘shimchalar paketlari yordamida ishlab chiqariladi. Saneg sanoat moylari va moylash materiallari iste’molchilarga turli xil qadoqlarda taqdim etilgan: 20 litrli kanistrlar, 205 litrli bochkalar, IBC konteynerlar.

“Saneg jahon avtomobil va sanoat uskunalari ishlab chiqaruvchilari talablariga javob beradigan moylarni o‘z ichiga olgan chakana savdo brendini faol ravishda targ‘ib qila boshladi. Maqsadimiz Saneg moylarini yevropalik va o‘zbekistonlik iste’molchilar birdek foydalana oladigan xalqaro brend sifatida rivojlantirish”, — dedi Saneg bosh direktori To‘lqin Yusupov.

Kompaniya 2024-yilning ikkinchi yarmida yengil avtomobillar va tijorat avtomobillari uchun avtomobil ishlab chiqaruvchilarining so‘nggi talablariga javob beradigan moylar liniyasini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Ushbu mahsulotlar ham YEI, ham Markaziy Osiyo bozorlarida, jumladan, O‘zbekiston bozorida sotiladi. Saneg Oil Italiya kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga SEG Motol brendi ostida dizel dvigatellari uchun sintetik va yarim sintetik motor moylarini yetkazib berishni allaqachon boshlagan. Kelgusida Saneg brendi ostida imkon qadar keng turdagi mahsulotlar ishlab chiqariladi.

Malumot. Saneg Oil Italy - moylash materiallari ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashgan Saneg kompaniyasining Italiyadagi sho‘ba korxonasi. Uning Bari shahrida yiliga 24000 tonna moy va 3000 tonna moylash materiallari ishlab chiqarish quvvatiga ega blending zavodi, zamonaviy tadqiqot laboratoriyasi, shuningdek, Rimda ma’muriy va tijorat idorasi mavjud. Kompaniya Italiyaning o‘zida ham, qo‘shni davlatlar - Fransiya, Ispaniya, Portugaliya, Gretsiyada ham tijorat faoliyatini olib boradi.