Saneg uchuvchi organik birikmalarni qayta ishlash loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda

Saneg uchuvchi organik birikmalarni qayta ishlash loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda

2728

Saneg kompaniyasi Shveysariya va Norvegiyada ro‘yxatdan o‘tgan Vema S.A. va ICA-Finance A.S. kompaniyalari bilan hamkorlikda "Qarshi" HIChK va "Muborak" HIChKdagi neft rezervuarlaridan bug‘lanadigan uchuvchi organik birikmalarni (UOB) utilizatsiya qilish bo‘yicha loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Loyiha issiqxona chiqindilarini sezilarli darajada kamaytirishga va atrof-muhitni asrashga xizmat qiluvchi innovatsion chora-tadbirlarni joriy etishga qaratilgan.
Rejalashtirilgan loyihani amalga oshirish "G‘arbiy Toshli", "Sharqiy Toshli", "Shimoliy O‘rtabuloq" va "Kruk" neft konlarini qamrab oladi.

Saneg kompaniyasi barcha manfaatdor tomonlarni neft rezervuarlaridan gazsimon chiqindilarini kamaytirishga qaratilgan yuqoridagi loyihani amalga oshirish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini, taklif va tavsiyalarini taqdim etishga taklif qiladi.

Takliflaringizni elektron shaklda Iqbol Mamatrahimovga 2024-yil 21-maygacha quyidagi elektron manzilga yuborishingiz mumkin: i.mamatrakhimov@saneg.com.

Fikr-mulohaza bildirgan manfaatdor tomonlar yig‘ilishda shaxsan yoki elektron pochta orqali individual ravishda ishtirok etishlari to‘g‘risida xabardor qilinadi. O‘tkaziladigan joy va sana manfaatdor tomonlar bilan shaxsan kelishib olinadi.