Yangi turdagi moylarni ishlab chiqarish importga qaramlikni kamaytiradi va iste’molchilarni arzon narxlardagi sifatli mahsulot bilan ta’minlaydi.
"Saneg" sho‘ba korxonasi bo‘lgan "SEG Motol" qurilish, tog‘-kon va qishloq xo‘jaligi bozorlariga mo‘ljallangan yangi turdagi moylarni ishlab chiqarishni boshladi.
Xalqaro tasnifga muvofiq ushbu moylar universal traktor transmissiyaviy (Universal Tractor Transmission Oil) hamda transmissiyaviy-gidravlik (Transmission & Drive Train Oil) moylar toifasiga kiradi.
Yangi mahsulotlar qatoriga quyidagilar kiradi:
SEG Motol kompaniyasi direktori Baxtiyor Asatullayev shunday dedi:
"O‘zbekistonda qurilish, tog‘-kon va qishloq xo‘jaligi sohalari faol rivojlanmoqda. Bu zamonaviy import texnikasi xarid qilinishiga olib keldi, ishlab chiqaruvchilar moylash materiallarining sifatiga bo‘lgan talablarni oshirdilar. Yaqin vaqtgacha bu talablarga faqat import qilinadigan surkov materiallari javob berardi. "SEG Motol UTTO" hamda "SEG Motol Forcat TO-4" moylari turkumining ishlab chiqarilishi importga qaramlikni kamaytirish va iste’molchilarimizga arzon narxda sifatli mahsulot taklif qilish imkonini yaratadi".