Saneg ekologik xavfsiz texnologiyalarga investitsiya kiritishda davom etmoqda

Saneg ekologik xavfsiz texnologiyalarga investitsiya kiritishda davom etmoqda

2741
Saneg ekologik xavfsiz texnologiyalarga investitsiya kiritishda davom etmoqda

Hozirda Saneg kompaniyasi ekologik faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida oyiga 3,5 million metr kubgacha yo‘ldosh neft gazlarini (YNG) qayta ishlab chiqarmoqda. Yaqin kelajakda bu ko‘rsatkichni 5 million metr kubdan oshirish rejalashtirilgan. 

Saneg nega aynan yo‘ldosh neft gazini qayta ishlashga alohida e’tibor beradi va bu yo‘nalishga investitsiya kiritadi? YNG — bu neft qazib olish jarayonida ajralib chiqadigan gaz hisoblanib, metan, etan, propan kabi uglevodorodlar aralashmasi, shuningdek, suv bug‘lari, karbonat angidrid va vodorod sulfid kabi aralashmalar qorishmasidir.  

YNG neft bilan birga qazib olinadi va qimmatli energiya manbai hisoblanadi. Biroq uni transportirovka qilish va qayta ishlash qiyin jarayondir, chunki YNG past bosim va nomaqbul aralashmalarning yuqori miqdori bilan ajralib turadi.

Ko‘pincha, shu boisdan YNGning katta miqdori to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlab chiqarish maydonida yoqiladi (“alanga yordamida yondirish” deb ataladi). Biroq YNGni alanga yordamida yondirish ham iqtisodiy yo‘qotishlarga, ham karbonat angidridning atmosferaga ekologik ziyon keltirishiga olib keladi.

Shu bois Saneg o‘z faoliyatida YNGni qayta ishlashni ilg‘or texnologiyalarini bosqichma-bosqich joriy etmoqda. Xususan, uni ishlab chiqarish sikliga qayta jalb qilish bo‘yicha loyihalar amalga oshirildi. Gaz quvurini to‘g‘ridan to‘g‘ri yetkazib berish va kompressor qurilmalaridan foydalanish orqali kompaniya oyiga 3,5 million kubometrgacha YNGni qayta ishlash tezligiga erishdi.

Joriy yilning o‘zida Saneg obyektlarida 11 ta kichik hajmli kompressor qurilmasi ishga tushirildi. Ular “Yangi Qoratepa”, “Sharqiy Toshli”, “Sho‘rtepa” NTQda faoliyat yuritmoqda.

Yaqin kelajakda kompaniya Buxoro va Xivaning neft va gazga boy hududlari — “Sardob”, “Sayozjar” va “Shimoliy O‘rtabuloq” konlarida hamda Qashqadaryo viloyatining “Oqko‘l” konida 1,5 million metr kubdan ortiq YNGdan foydalanishni rejalashtirmoqda. Bu atrof-muhit himoyasiga hissa qo‘shish, shuningdek moliyaviy barqarorlikka erishish imkoniyatini beradi.

Barqaror rivojlanish tamoyillariga sodiq bo‘lgan kompaniya sifatida Saneg tabiiy resurslardan samarali foydalanish uchun ekologik xavfsiz texnologiyalarga investitsiya kiritishda davom etadi.