Saneg moy yetkazib berish geografiyasini kengaytirmoqda

Saneg moy yetkazib berish geografiyasini kengaytirmoqda

2826

Saneg neft va gaz kompaniyasining Yevropadagi neft biznesi operatori "Saneg Oil Italy" yetkazib berish geografiyasini kengaytirib, Portugaliyaga moylash materiallari eksportini boshladi. Hamkorlikning birinchi bosqichi doirasida Portugaliya distribyutori "Lubrifuel"ga 27 tonna motor va sanoat moylari, shuningdek, moylash materiallari jo‘natildi. 

Distribyutorlik kelishuvi Italiyaning Gubbio shahrida 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan "Saneg Oil Italy" hamkorlari konferensiyasi arafasida imzolandi. Yevropaning yetakchi brendlari mahsulotlarining yirik yetkazib beruvchisi sifatida tanilgan Lubrifuel Portugaliya bozorida Saneg mahsulotlarining o‘rnini mustahkamlaydi. 

"Portugaliyaga yetkazib berishning kengayishi bizga Yevropa Ittifoqidagi faoliyatimizni mustahkamlash va savdo kanallarini diversifikatsiya qilish imkonini beradi. Ushbu qadam yevropalik hamkorlarning mahsulotlarimizga qiziqishi yuqori ekanini tasdiqlaydi. Italiyadagi Saneg taqdimoti va hamkorlar konferensiyasi moylash materiallari bozorining yirik ishtirokchilari orasida obro‘yimizni oshirdi", – dedi Saneg Oil Italy ijrochi direktori Mauro Nochelli. 

2024-yilda "Saneg Oil Italy" kompaniyasi Italiya bozorida "Saneg" brendi ostida 4 ming tonnadan ortiq moy va surkov moylarini sotgan. Italiyada ishlab chiqarilgan dastlabki 50 tonna Saneg moyi O‘zbekistonga noyabr-dekabr oylarida yetkazib berildi.