Saneg va Koshitsadagi Texnika universiteti hamkorlikni mustahkamlamoqda. Diqqat markazda – geotermal energetika, innovatsiyalar va kadrlar tayyorlash masalalari

Saneg va Koshitsadagi Texnika universiteti hamkorlikni mustahkamlamoqda. Diqqat markazda – geotermal energetika, innovatsiyalar va kadrlar tayyorlash masalalari

238
Saneg va Koshitsadagi Texnika universiteti hamkorlikni mustahkamlamoqda. Diqqat markazda – geotermal energetika, innovatsiyalar va kadrlar tayyorlash masalalari

Saneg kompaniyasi Yevropaning yetakchi texnik universitetlaridan biri – Koshitsadagi (Slovakiya) Texnika universiteti bilan strategik hamkorlikni rivojlantirishda davom etmoqda. FBERG Geotexnologiya fakulteti vakillarining O‘zbekistonga navbatdagi amaliy tashrifi Saneg, Koshitsa Texnika Universiteti hamda Samarqand Xalqaro Texnologiya Universiteti (SIUT) o‘rtasida ilgari imzolangan hamkorlik memorandumini amalga oshirishda muhim qadam bo‘ldi.

"Saneg ushbu hamkorlikka inson kapitalini rivojlantirish va energetika sohasiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish uchun strategik sarmoya sifatida qaraydi. Biz uchun bu yanada barqaror, texnologik va yangi avlod mutaxassislarini tayyorlashga yo‘naltirilgan energetika kelajagi sari birgalikdagi harakatdir", – dedi Saneg bosh direktorining strategik loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari Azizbek Nazarov.

Tashrif davomida delegatsiya SIUT va Saneg markaziy ofisida uchrashuvlar o‘tkazdi, u yerda tomonlar qo‘shma loyihalarni ishga tushirishning amaliy mexanizmlarini muhokama qildilar.  Ta’lim va tadqiqot dasturlarini rivojlantirish asosiy mavzulardan biriga aylandi: talabalar almashinuvi, Saneg ishlab chiqarish obyektlarida amaliyot o‘tash, shuningdek, 100 dan ortiq muhandislik va ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislarni birgalikda tayyorlash.

Shuningdek, geotermal energetika sohasida sinov loyihalarini ishga tushirish ishlari boshlangan. Hamkorlar O‘zbekistondagi issiqlik manbalarini birgalikda tahlil qilish, texnologik yechimlar almashish va past salohiyatli georesurslardan foydalangan holda barqaror energiya ta’minoti konsepsiyalarini ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Yana bir istiqbolli yo‘nalish e-Fusion texnologiyasini joriy etish bo‘ldi – bu yuqori haroratli nuqtali ta’sir tufayli xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirish va o‘tish vaqtini qisqartirish imkonini beruvchi innovatsion burg‘ilash usuli. Ayni paytda texnologiyani Saneg obyektlarida sinovdan o‘tkazish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.

FBERG bilan hamkorlik ilmiy faoliyatni ham qamrab oladi: qo‘shma tadqiqotlar va nashrlardan tortib, har ikki mamlakat o‘qituvchilari va olimlarini jalb qilgan holda yangi kurslar va PhD dasturlarini ishga tushirishgacha.