Saneg Cup 2025 futbol turniri qanday o‘tdi

Saneg Cup 2025 futbol turniri qanday o‘tdi

30
Saneg Cup 2025 futbol turniri qanday o‘tdi

Saneg markaziy boshqaruv apparatida mini-futbol bo‘yicha Saneg Cup 2025 korporativ turniri yakuniga yetdi. Musobaqa kompaniyaning turli bo‘linmalaridan jamoalarni to‘plab, chin ma’nodagi sport bayrami, jamoaviy ruh va do‘stona raqobat namoyishiga aylandi.

Turnirning borishi

Turnirning guruh bosqichi qizg‘in va tomoshabop o‘tdi: ishtirokchilar yuqori darajadagi tayyorgarlikni ko‘rsatishdi, muxlislar esa ko‘plab go‘zal gollar va maroqli o‘yinlarni tomosha qilishdi. Saralash o‘yinlari natijalariga ko‘ra, to‘rtta eng kuchli jamoa Saneg Procurement, Oil Power, United Saneg Departments va Loyihachilar yarim finalga chiqdi.

Final bosqichi 21 va 26-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tdi. Yarim finallar hal qiluvchi o‘yinlar uchun juftliklarni aniqlab berdi: uchinchi o‘rin uchun o‘yinda Oil Power va Loyihachilar, bosh sovrin uchun esa Saneg Procurement va United Saneg Departments bellashdi.

Natijalar va g‘oliblar

Bronza medalini Oil Powerni 2:1 hisobida mag‘lub etgan "Loyihachilar" jamoasi qo‘lga kiritdi. G‘oliblar safida Mirsobirov Miraziz va Usmonxo‘jayev Bobur, raqiblar safida Jabborov Tohir gol urdi.

Finalda United Saneg Departments jamoasi Saneg Procurementni 3:1 hisobida yengdi. Gollarni Samatov Jahongir, Normurodov Akmal va Azimov Javlon, raqiblardan esa Sodiqov Sodiqjon kiritdi.

Ajoyib tayyorgarlik va jamoaviy o‘yin ko‘rsatgan United Saneg Departments jamoasi Saneg Cup 2025 chempioni bo‘ldi.

Eng yaxshi o‘yinchilar

Turnirning eng yaxshi futbolchisi deb Karimov Manuchehr tan olindi, eng yaxshi to‘purar esa 20 ta gol urgan Samatov Jahongir (United Saneg Departments) bo‘ldi.

Saneg Cup 2025 turniri kompaniyaning korporativ hayotidagi yorqin voqeaga aylanib, hamkasblar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamladi va jamoaviy ish nafaqat maydonda, balki Sanegning kundalik faoliyatida ham muvaffaqiyatning asosi ekanligi haqda eslatdi.