Saneg neft qazib chiqarish hajmini neft-kimyodan foydalangan holda oshirmoqda

Saneg neft qazib chiqarish hajmini neft-kimyodan foydalangan holda oshirmoqda

790
Saneg neft qazib chiqarish hajmini neft-kimyodan foydalangan holda oshirmoqda

O‘zbekiston Respublikasida neft qazib olish hajmini ko‘paytirish davlat dasturi ijrochisi bo‘lgan “Saneg” kompaniyasi polimer tizimlarini qo‘llash orqali amaldagi quduqlaridagi suvlanishni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.

Texnologiya maxsus tanlangan polimer tarkib yordamida suv oqimini izolyatsiya qilish orqali quduqlardagi suvlanishni kamaytirishga imkon beradi.

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-dekabrdagi 1002-son qaroriga muvofiq, 2019-yil dekabr oyida neft qazib olishni ko‘paytirish dasturi ishga tushirilayotgan vaqtda aksariyat neft konlarining holati quduq mahsulotning yuqori darajada suvlanishi bilan tavsiflangan - olingan neft tarkibidagi suv miqdorini 95% gacha edi. Shu bilan birga, sutkalik neft qazib olish hajmi 1200 tonnani tashkil etar edi.

Bugungi kunda korxonaga qarashli qator konlarda zamonaviy gidroizolyatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshirilgan ta’mirlash va izolyatsiyalash ishlari tufayli quduq mahsulotlarining suvlanishini 81 foizga kamaytirib, sutkalik neft qazib olish ko‘rsatkichini 1700 tonnaga yetkazishga muvaffaq bo‘lindi. Eng yaxshi samaraga “Shimoliy O‘rtabuloq” konida erishildi, bu yerda neft qazib olish olinadigan suv hajmidan 3 baravar ko‘p bo‘ldi.

"Polimer gel yuqori darajada o‘tkazuvchanlik darajasi yuqori bo‘lgan suvlangan mahsulot proqatlamida o‘tkazmaydigan to‘siq hosil qiladi, buning natijasida qatlam suvining harakatchanligi sezilarli darajada pasayadi va neftni chiqarish hajmi ko‘payadi, – deydi Saneg bosh muhandisi Sergey Ryabov. – Ushbu texnologiyani qo‘llashni tahlil qiladigan bo‘lsak, shuni ta’kidlash mumkinki, tarkibi to‘g‘ri tanlangan taqdirda ushbu ishlanma quduqlar suvlanishiga qarshi kurashda hamda allaqachon suv bosgan fondni reanimatsiya qilishda katta yordam beradi. Bundan tashqari, nasos uskunalari samaradorligini oshirish hisobiga neft qazib chiqarish jarayonlarini optimallashtirish imkonini beradi, ular suvni emas, balki neftni ko‘proq tepaga ko‘taradi”.

Kompaniya Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlaridagi boshqa konlarda suvda eruvchan polimer tizimlari texnologiyasidan foydalangan holda, optimal polimer tarkib va qazib chiqarish texnologiyasini tanlab, ta’mirlash va izolyatsiyalash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.