Farg‘ona NQIZ “yashil” texnologiyalar yordamida elektr energiyasi iste’molini kamaytirishni rejalashtirmoqda

Farg‘ona NQIZ “yashil” texnologiyalar yordamida elektr energiyasi iste’molini kamaytirishni rejalashtirmoqda

552
Farg‘ona NQIZ “yashil” texnologiyalar yordamida elektr energiyasi iste’molini kamaytirishni rejalashtirmoqda

2023-yil oxirigacha Farg‘ona NQIZda elektr energiyasi sarfini kamaytirish maqsadida quyosh konversion panellari bilan ishlaydigan 300 dan ortiq tashqi svetodiod yoritkichlar o‘rnatiladi.

Bunday qaror O‘zbekiston Respublikasida 2030-yilgacha “yashil” iqtisodiyotga o‘tish va “yashil” o‘sishni ta’minlash bo‘yicha Davlat dasturida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida FNQIZ bosh energetigining bo‘limi tomonidan qabul qilindi.

Xususan, zavod muqobil energiya manbalaridan foydalanishni ko‘paytirish hamda resurs tejaydigan yechimlar orqali elektr energiyasi iste’molini kamaytirishni ko‘zlamoqda.

Ayni paytda zavod boshqaruv binosi fasadiga bir nechta svetodiod yoritkichlar o‘rnatilgan. Kelajakda bunday yoritkichlar korxonaning barcha ishlab chiqarish maydonlarida paydo bo‘ladi.

“Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish har qanday zamonaviy biznesning mas’uliyatli vazifasiidir. Farg‘ona NQIZ ishlab chiqarishning energiya samaradorligini oshirish va korxonada energiya resurslaridan oqilona foydalanishga hissa qo‘shishga tayyor. Bugungi kunda stansiyada energiyani ko‘p talab qiluvchi uskunalarni kunduzgi ish rejimidan tungi ish rejimiga o‘tkazish dasturi ishlab chiqilgan bo‘lib, u elektr tarmoqlarida yuklanishning eng yuqori va yarim yuqori bo‘lgan davrda aholi foydalanishi uchun kuniga kamida 3409 kVt/soat quvvatni bo‘shatish imkonini beradi. Bu esa 680 ga yaqin xonadonni ta’minlash degani”, – deydi korxona bosh energetiki Umidjon Sotvordiyev.