Saneg ishlab chiqarishni avtomatlashtirish orqali kunlik neft yo‘qotishlarini kamaytiradi

Saneg ishlab chiqarishni avtomatlashtirish orqali kunlik neft yo‘qotishlarini kamaytiradi

641
Saneg ishlab chiqarishni avtomatlashtirish orqali kunlik neft yo‘qotishlarini kamaytiradi

Tashqi elektr ta’minoti tashkilotlari tomonidan elektrni favqulodda uzishi sababli quduqlarning to‘xtab qolishi natijasida neft yo‘qotishlari kuniga o‘rtacha 20 tonnani tashkil etadi.

Sovuq havo hukmronlik qila boshlaganidan beri elektr energiyasining favqulodda uzilishlari soni sezilarli darajada oshdi. Nasos agregatlari bilan jihozlangan qazib olish quduqlarining ishlamay qolish vaqtini qisqartirish maqsadida “Saneg” neft-gaz kompaniyasi mutaxassislari boshqaruv stansiyalarida kuchlanishni nazorat qiluvchi rele va vaqt relesini joriy qilishdi. Bu tashqi manbalardagi elektr energiyasi uzilganidan keyin uskunalarni avtomatik ravishda ishga tushirish va to‘xtatish imkonini beradi. Agar ilgari bunday vaziyatlarda elektr uzatilganidan keyin uskunalarni qo‘lda ishga tushirish talab etilgan bo‘lsa, endilikda avtomatlashtirilgan tizimi yordamida nasos agregati bir daqiqa ichida ishga shay holatga keladi.

“Elektr energiyasining favqulodda o‘chishidan so‘ng avtomatik ishga tushirishni ta’minlash maqsadida biz nasos agregatlarining boshqaruv stansiyalarini elektr zanjirini yopish va ochish uchun maxsus moslamalar yordamida qayta ishlashga qaror qildik. Avvaliga kuchlanish relesi quvvat manbai tiklanganidan keyin kuchlanish holatini tekshiradi, keyin vaqt relesi ishga tushadi - bu tashqi tarmoqlardagi boshlang‘ich yuklamani kamaytirish maqsadida nasos agregatlarini turli vaqt oralig‘ida ishga tushirish uchun zarur", - dedi Saneg bosh energetigi Dmitriy Shaydurov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Polvontosh” va “G‘arbiy Polvontosh” konlarida joriy etilgan avtomatlashtirish tizimi turg‘unlik vaqtini qisqartirish hamda qazib olinadigan quduqlarni ishga tushirish hisobiga neft yo‘qotilishi hajmini kuniga jami 15 tonnaga kamaytirish imkonini beradi.

Neft qazib olish hajmining shu tariqa o‘sishi ikkita yangi quduqning ishga tushirilishi bilan teng bo‘lib, avtomatlashtirish tadbirlarining xarajatlari ancha past bo‘ladi. Saneg kompaniyaning boshqa konlarida ham neft yo‘qotishlarini kamaytirishning ushbu usulini joriy etishni rejalashtirmoqda.