Saneg QKT uskunalarini ta’mirlash bo‘yicha o‘zining ustaxonasini ishga tushirdi

Saneg QKT uskunalarini ta’mirlash bo‘yicha o‘zining ustaxonasini ishga tushirdi

962
Saneg QKT uskunalarini ta’mirlash bo‘yicha o‘zining ustaxonasini ishga tushirdi

Mexanik sex korxonaning Qarshidagi ishlab chiqarish birlashmasi hududida joylashgan bo‘lib, quduqlarni kapital ta’mirlash (QKT) uskunalarini ta’mirlash va ehtiyot qismlarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.

Maydoni 840 kv. m bo‘lgan sexda universal dastgohlar hamda raqamli boshqaruvli dastgohlarda (RQD) detallarni kesish, tokarlash, frezerlash, silliqlash bo‘yicha ishlar olib boriladi. RQD dastgohlarning mavjudligi “yuqori” aniqlikdagi namunalar va qismlarni qayta ishlash imkonini beradi.

Ta’mirlash bo‘yicha o‘z seximizning ochilishi ehtiyot qismlarni sotib olish xarajatlarini optimallashtirishga hamda quduqlarda ta’mirlash ishlarining olib borish muddatini qisqartirishga yordam beradi.

“Quduq ta’mirlanar ekan, biz mahsulot qazib chiqara olmaymiz. Bizning vazifamiz - ta’mirlash ishlarini imkon qadar tezroq yakunlash va qazib chiqarish ishlarining to‘xtab qolishiga yo‘l qo‘ymaslikdir, - deydi Saneg bosh muhandisi Sergey Ryabov. – Ilgari zavodda ishlab chiqarilgan ehtiyot qismlarni yetkazib berish moddiy-texnik ta’minot xizmati tomonidan amalga oshirilar edi. Bu ko‘pincha jarayonni kechiktirardi. Endi biz tashqi omillarga bog‘liq emasmiz va ta’mirlash yoki ehtiyot qismlarni ishlab chiqarishga bo‘lgan ehtiyojni o‘zimiz qoplashimiz mumkin”.

Yangi sexning uskunalar parki mexanik ishlov berish va ta’mirlashning barcha yo‘nalishlarini qamrab oladi. Oxirgi bir oy davomida sexda QKT xizmati ehtiyojlari uchun 100 dan ortiq freza, 40 ta rayber, 70 ta burg‘ulash quvuri, 30 dan ortiq qo‘rg‘oshin qistirmalari ishlab chiqarilib, 20 dan ziyod qadoqlash va boshqa avariya vositalari ta’mirlab berildi.