To‘lqin Yusupov: “Kompaniya muvaffaqiyati jamiyatning tan olishi, shaffoflik, samaradorlik, tomonlarning ishtiroki kabi tamoyillarga asoslanishi kerak”

To‘lqin Yusupov: “Kompaniya muvaffaqiyati jamiyatning tan olishi, shaffoflik, samaradorlik, tomonlarning ishtiroki kabi tamoyillarga asoslanishi kerak”

1172
To‘lqin Yusupov: “Kompaniya muvaffaqiyati jamiyatning tan olishi, shaffoflik, samaradorlik, tomonlarning ishtiroki kabi tamoyillarga asoslanishi kerak”

Joriy yilning 26-sentyabr kuni “Sanoat Energetika Guruxi” MChJ XK bosh direktori lavozimiga avval bosh direktorning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan To‘lqin Yusupov tayinlandi. Ushbu lavozimga tayinlanishi munosabati bilan u Saneg va uning sho‘ba korxonalari xodimlariga murojaat qilib, yaqin kelajakda aktivlarni rivojlantirish rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

“Bugungi kunda Sanoat Energetika Guruhi butun O‘zbekiston bo‘ylab geografik faoliyatga ega bo‘lgan yirik to‘liq siklli neft-gaz kompaniyalaridan biri bo‘lib, uning loyihalari mamlakatimiz yoqilg‘i-energetika majmuasining barqaror rivojlanishiga erishishga qaratilgan, – dedi Yusupov. – Operatsion ko‘rsatkichlar va mahsulot sifati biz uchun muvaffaqiyatli rivojlanish ko‘rsatkichidir. Ayni paytda, uzoq muddatli istiqbolda biznes yuritishda shaffoflik, samaradorlik, manfaatdor tomonlar o‘rtasida konstruktiv muloqot va jamoatchilikning e’tirof etishi tamoyillariga asoslangan yondashuvlarni kuchaytirish biz uchun muhim”.

U kompaniyaga O‘zbekiston uchun muhim bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish uchun mas‘ul ekanini ta‘kidladi, 2030-yilgacha neft qazib olishni ko‘paytirish, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish, Buxoro viloyatida gaz-kimyo majmuasini qurish va mamlakatimiz uchun muhim bo‘lgan boshqa bir qator loyihalarni amalga oshirish shular jumlasidandir.

Uning fikriga ko‘ra, suyuq uglevodorodlarni kunlik qazib chiqarishni ko‘paytirish, gaz qazib olishni ko‘paytirish bo‘yicha allaqachon erishilgan natijalar bilan bir qatorda, xomashyoni aholi uchun qulay va yuqori likvidli yakuniy mahsulotga monetizatsiya qilish kerak.

Shunday qilib, yaqin bir necha yil ichida Saneg butun O‘zbekiston bo‘ylab avtomobillarga gaz quyish kompressor stansiyalari va avtomobillarga yoqilg‘i quyish majmualari tarmog‘ini rivojlantirishga harakat qiladi.

Shu nuqtai nazardan, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish, Farg‘ona vodiysidagi konlarni o‘zlashtirishni va razvedka qilishni davom ettirish, tabiiy gaz qazib olishni ko‘paytirish, shuningdek, Ustyurt hududi - Gʻarbiy Oroldagi eng yirik konlardan birini ishga tushirish ustuvor vazifa hisoblanadi.

Ushbu maqsadlarga erishish uchun Yusupov zamonaviy texnologiyalarni, shuningdek, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishga investitsiyalarni jalb qilishni kompaniya rivojlanishining asosiy yo‘nalishi deb biladi.

“Kompaniyaning kuchli jihati – uning odamlari va ishlab chiqarish maydonlarida mahalliy va xalqaro tajribaning jamlanishi, shuningdek, turli madaniyat va avlod vakillarini birlashtirish orqali yaratiladigan sinergik samarada mujassam, — ta’kidladi u. – Biz qanday bo‘lishni istayotganimiz haqida aniq tasavvurga egamiz – Markaziy Osiyo mintaqasidagi yetakchi neft-gaz kompaniyasiga aylanish, uning biznes yuritishdagi yondashuvlari ilg‘or jahon tajribasi hamda tabiatga, xodimlarga va jamiyatlarga ongli munosabatda bo‘lish tamoyillariga asoslanadi. Buning uchun Bizning reaksiyamiz va kerakli qarorlarni qabul qilishimiz yashin tezligida bo‘lishi, texnologiya bilan ishlash esa aniq vazifa uchun mo‘ljallangan maqsadli zarba bo‘lishi kerak”, - deya xulosa qildi Yusupov.