Saneg Surxondaryo viloyatidagi yonuvchan slanets konlarini aniqlash va o‘zlashtirishga kirishdi

Saneg Surxondaryo viloyatidagi yonuvchan slanets konlarini aniqlash va o‘zlashtirishga kirishdi

837
Saneg Surxondaryo viloyatidagi yonuvchan slanets konlarini aniqlash va o‘zlashtirishga kirishdi

Ayni paytda kompaniya “Boysun” konida geologiya-qidiruv ishlarini olib bormoqda, uning zaxirasi C1 toifasidagi 55 million tonna slanets rudasini tashkil etadi.

“Saneg” kompaniyasi bosh direktorining strategik loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari Azizbek Nazarov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida loyihaning borishi haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Nazarov loyiha mamlakatni qo‘shimcha energiya resurslari bilan ta’minlash bilan bir qatorda hududning umumiy iqtisodiy rivojlanishiga ham hissa qo‘shishi ko‘zlanganini ta’kidlab o‘tdi. Uning aytishicha, hozirda konning geologik tuzilishi, yonuvchan slanetslar joylashgan chuqurlik va tarqalgan maydonini aniqlash bo‘yicha yanada keng qamrovli o‘rganishlar davom etmoqda, bu esa kelajakda zaxiralarni 400 mln tonnagacha oshirish imkonini beradi.

Buning doirasida kelgusi bir necha yil ichida umumiy qiymati 10 mln AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan topografik tadqiqotlar, elektr qidiruv va razvedka quduqlarini burg‘ilash rejalashtirilgan.

Kompaniya yuqori sifatli sintetik neft, gaz va elektr energiyasi generatsiyasi uchun ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish va slanes rudalarini kompleks qayta ishlashni ta’minlashni ko‘zlamoqda.

2024-yil oxiriga qadar qaynovchi sirkulyatsiya qatlami texnologiyasidan (SQT-1500) foydalangan holda to‘rtta blokni ishga tushirish rejalashtirilgan. Yiliga 1,5 million tonna slanets rudasini qayta ishlaydigan har bir qurilmaning quvvati yiliga 150 MVt elektr energiyasi ishlab chiqarishni, shuningdek, har yili 800 ming tonnaga yaqin sintetik neft va 300 million kub metr slanets gazini ishlab chiqarishni ta’minlaydi.

Bundan tashqari, Saneg besh yil ichida SQT-1500 qurilmalari sonini 25 donaga yetkazishni, slantes rudalarini qayta ishlash quvvatini yiliga 37,5 million tonna xom ashyoga yetkazishni ko‘zlagan.

“Ushbu ulkan qadam kompaniyaning foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlashda maksimal samaradorlikka strategik e’tibori qaratishini yana bir bor ta’kidlaydi, — dedi Nazarov. – O‘zbekistonda ushbu foydali qazilmaning katta zaxiralari geologik qidiruv, qazib olish va slanetsni qayta ishlashga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish uchun yangi imkoniyatlar eshiklarini ochmoqda. Shu tariqa, Surxondaryo viloyatidagi loyiha mamlakat yoqilg‘i bazasini diversifikatsiya qilishni ta’minlashga qaratilgan yangi strategik yondashuv bo‘lish bilan birga kelajakda barqaror rivojlanish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi”.