O‘zbekiston bozoriga yangi yuqori texnologiyali kompressor moylari kirib keldi

O‘zbekiston bozoriga yangi yuqori texnologiyali kompressor moylari kirib keldi

2669
O‘zbekiston bozoriga yangi yuqori texnologiyali kompressor moylari kirib keldi

Saneg "SEG Motol" sho’ba korxonasi tomonidan SEG Motol Sompressor Oil brendi ostida ishlab chiqarilgan kompressor moylari mahsulotlar turkumini taqdim etdi.

Moylar zamonaviy sanoat uskunalariga texnik talablarni shakllantirish bo‘yicha e’tirofga sazovor bo‘lgan xalqaro yetakchi  bo‘lmish - Germaniya standartlashtirish instituti (DIN) talablariga muvofiq ishlab chiqariladi.

Mahsulotlar energetik, kimyoviy, neft, metallurgiya va boshqa sohalarda qo‘llaniladigan zamonaviy hajmdor va dinamik turdagi kompressorlar uchun mo‘ljallangan, ushbu uskunalar uchun kamida DIN 51506 VDL darajasida bo‘lgan moy talab qilanadi.

Kompressor moylarining yangi turkumi zamonaviy ko‘p funksiyali import qo‘shimchalar paketini Farg‘ona NQIZda ishlab chiqarilayotgan yaxshilangan sifatli bazaviy moylar bilan uyg‘unlikdagi retsepturasini yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishlari natijasi o‘laroq bozorga chiqdi.

Qo‘shimchalar to‘plami kulsiz hisoblanadi. Bu shuni anglatadiki, yuqori bosim va haroratda ishlash jarayonida kompressorlarning ishchi yuzalarida agregatlarning ishlash muddatini qisqartiradign hech qanday cho‘kindi qolmaydi. SEG Motol kompressor moyi, shuningdek, yuqori yuklamga ega bo‘lgan kompressorlar uchun ayniqsa muhim bo‘lgan oksidlanish barqarorligining yuqoriligi bilan ajralib turadi.

Yaqin vaqtgacha FNQIZda faqat ikki turdagi kompressor moylari ishlab chiqarilar edi - KS-19 va KP-8S, ular allaqachon eskirgan GOST talablariga javob berardi. SEG Motol Compressor Oil turkumi iqlim va harorat ish sharoitlariga qarab turli xil yopishqoqlikka ega bo‘lgan mahsulotlar - VG 46, VG 68, VG 100, VG 150, VG 220 ni o‘z ichiga oladi.

SEG Motol kompressor moylari, shuningdek, avtomobil gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida (AGTKSh) ishlaydigan kompressorlarda qo‘llash uchun ham mo‘ljallangan.

“SEG Motol Compressor Oil liniyasining bozorga chiqarilishi kompaniyaning zamonaviy sanoat uskunalari ishlab chiqaruvchilar talablariga javob beradigan yuqori texnologiyali sanoat moylari turkumini yaratish yo‘lidagi navbatdagi qadamidir. Ilgari “SEG Motol”ning gidravlika va reduktor moylari assortimenti O‘zbekiston bozorida taqdim etilgan edi”, — dedi SEG Motol direktori Baxtiyor Asatullayev.